JCH–2026 1/16 final bosqichida Fransiya va Shvetsiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. AQSHning Ist-Raterford shahridagi “MetLife” stadionida kechgan uchrashuv Fransiyaning 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Hisob uchrashuvning 45-daqiqasida Kilian Mbappe tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘lim boshida, 53-daqiqada Bredli Barkolya fransuzlarning ustunligini mustahkamladi.
74-daqiqada esa Mbappe o‘zining ikkinchi golini urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi. Mazkur g‘alabadan so‘ng Fransiya terma jamoasi JCH–2026 musobaqasining 1/8 finaliga yo‘l oldi.
Fransuzlar ushbu bosqichda 5-iyul kuni Paragvayga qarshi maydonga tushadi. JCH–2026, 1/16 final Fransiya — Shvetsiya 3:0 Gollar: Mbappe (45, 74), Barkolya (53). Ma’lumot uchun, JCH–2026 turniri 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilmoqda. Musobaqaning amaldagi chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!