$
11918.98 UZS
57.02
₽
148.04 UZS
0.91
€
13283.70 UZS
5.42
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi aʼlochisi tanlovi o‘tkaziladi

12:10 / 27.11.2023

Hukumat qarori bilan “Yong‘in xavfsizligi aʼlochisi” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi.

Unga ko‘ra, tanlov 2024-yildan har yili oktyabr – dekabr oylarida yong‘in chiqish xavfi bo‘yicha I va II guruhga mansub obyektlarga ega tadbirkorlar o‘rtasida navbat bilan yillar ketma-ketligida o‘tkaziladi (yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, kengaytirilayotgan, texnik jihatdan qayta jihozlanayotgan va kapital taʼmirlanayotgan obyektlar bundan mustasno).

Nomzodlarning arizalari tanlov eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 20 kun mobaynida Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus elektron axborot tizimi orqali tuman (shahar) komissiyalari tomonidan qabul qilinadi (tanlovda ishtirok etish bepul).

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan nomzodlar o‘z arizalari bilan birga quyidagilarni taqdim etadi:

➖ tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi umumiy maʼlumot (obyektning manzili, faoliyat turi, tashkiliy-huquqiy shakli va boshqalar);

➖belgilangan tadbirlarning bajarilganini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari, fotoalbom, 5 daqiqadan oshmagan, sifati yuqori bo‘lgan videolavhali taqdimot materiali.

Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi:

1-bosqichda tanlovda ishtirok etish uchun munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida tuman (shahar) darajasida saralash tadbirlari o‘tkaziladi.

2-bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tuman (shahar) darajasida eng ko‘p ball to‘plagan nomzodlar bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni ko‘rib chiqadi va baholaydi.

3-bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tomonidan taqdim etilgan nomzodlar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.

Tanlovning yakuniy bosqichi har yili dekabr oyining ikkinchi 10 kunligida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Tanlovda g‘olib deb topilgan nomzod 100 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi hamda uning faoliyati tanlov natijalari rasmiy eʼlon qilingan kundan keyingi 2 yil davomida davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi.


Bu ham qiziq

Ispaniyada avtobus 20 metrli jarlikka qulab, 83 kişi jarohatlandi

Ispaniyada avtobus 20 metrli jarlikka qulab, 83 kişi jarohatlandi

Ispaniyaning Barselona şahri yaqinida avtobusning taxminan 20 metr çuqurlikdagi jarlikka qulaşi oqibatida 83 kişi jarohatlan…
10:26 / 27.10.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand rasmiylari Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kiriş tartibini joriy etişni taklif qi…
11:03 / 28.10.2026
Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada 28-oktabr kuni ikkita tezyurar poyezd töqnaşib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 10 kişi halok bölgan, qurbonlar son…
16:37 / 28.10.2026
Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyotni raqamlaştiriş işlari xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olayotganini ma’l…
11:39 / 27.10.2026
Toşkent tumanida rahbarning turmuş örtoği mudir etib tayinlangani yuzasidan xizmat tekşiruvi boşlandi

Toşkent tumanida rahbarning turmuş örtoği mudir etib tayinlangani yuzasidan xizmat tekşiruvi boşlandi

Toşkent tumani tibbiyot birlaşmasi rahbari Husan Asadovning turmuş örtoği Gulnora Asadovani Tumanlararo perinatal markazi mu…
09:47 / 27.10.2026
Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Toşkentda litsenziyasiz kripto-faoliyat bilan şuğullangan talaba aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toşkent şahar IIBB bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida litse…
11:09 / 28.10.2026
Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

Özbekistonda Apple Pay xizmati işga tuşirildi

27-oktyabr kuni Özbekistonda Apple Pay xalqaro tölov xizmati işga tuşirildi. Endilikda iPhone foydalanuvçilari mamlakatdagi …
13:28 / 27.10.2026
Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Özbekistonda 2022/2023-öquv yilining qişki qabulida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan, biroq xorijiy til sert…
11:13 / 28.10.2026
Andijonda qorovul stavkasini oşiriş evaziga 4,5 mln söm olgan maktab direktori jazolandi

Andijonda qorovul stavkasini oşiriş evaziga 4,5 mln söm olgan maktab direktori jazolandi

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida qorovulning iş stavkasini 0,6 dan 1 stavkaga oşirib beriş evaziga 4,5 million söm olgan …
10:22 / 27.10.2026
“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

Bugun, 27 oktyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” jamoasi Elit Osiyo çempionlar ligasining 3-turi doirasida Iroqning “Eyr Fors” …
08:35 / 27.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!