“O‘zgidromet” 6 ta viloyatning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi borligidan ogohlantirdi.
Xabarda ma’lum qilinishicha, 16—19-yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilinadi.

Shu jumladan:
– Qashqadaryo viloyati Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
– Surxondaryo viloyati Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
– Samarqand viloyati Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
– Jizzax viloyati Baxmal, Zomin tumanlarida;
– Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
– Namangan viloyati Pop tumanida.
“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!