$
11990.26 UZS
-68.19
162.23 UZS
-1.81
13738.44 UZS
-80.54
31° Kechasi 18°

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yo‘lladi

12:49 / 08.01.2026

“Hurmatli soha xodimlari, muhtaram faxriylar!

Sizlarni 8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni bilan chin dildan tabriklayman.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlar qatori prokuratura organlari faoliyatida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Tizim xodimlari xalqqa yaqin bo‘lib, inson qadri, uning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini, qonun ustuvorligi va adolatni bevosita joylarning o‘zida ta’minlay boshladi.

Ayniqsa, ular doimiy qabullar tashkil etib, fuqarolar muammolarini hal qilishda faol ishtirok etmoqda. Birgina o‘tgan yilda qariyb 512 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangani, 54 mingga yaqin murojaat, jumladan, salkam 29 ming nafar tadbirkorning masalasi yechib berilgani faoliyatingiz samarasini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Qurilish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, xotin-qizlar va yoshlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, yoqilg‘i-energetika va ekologiya yo‘nalishlarida, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy etilgani ham ijobiy natija bermoqda.

Bu haqda so‘z yuritganda, yashirin iqtisodiyotga barham berish borasida ko‘rilgan choralar tufayli davlat budjetiga 22 trillion 300 milliard so‘m qo‘shimcha tushum undirilgani, qurilish sohasida budjetdan 3 trillion 900 milliard so‘m ortiqcha xarajat qilishning oldi olinib, ushbu mablag‘lar qo‘shimcha ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etishga yo‘naltirilganini ta’kidlash lozim.

Kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish va tizimli profilaktika ishlari asosida mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, og‘ir toifadagi mahallalar sonini qariyb 1,5 barobar kamaytirishga erishildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tgan davrda 10 mingdan ziyod huquqbuzarlik va jinoyatga chek qo‘yildi, davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan 1 trillion 800 milliard so‘m zarar undirildi, 13 mingdan ortiq shaxsning faoliyati legallashtirilib, ular tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti, shuningdek, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus tuzilma tashkil etilgani axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida amalga oshirilayotgan xurujlarni aniqlash, ushbu sohada malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Hurmatli soha xodimlari!

Prokuratura idoralari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, tizimga ilmiy yondashuv va ish uslublarini izchil joriy etish, bilimli, tashabbuskor va jonkuyar malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha bugun oldimizda dolzarb vazifalar turganini sizlar albatta yaxshi tushunasiz.

Jumladan, tergov jarayonlarini raqamlashtirish orqali inson huquqlari himoyasini kuchaytirishda prokuratura organlarini ham nazorat idorasi, ham tergovchilarni tayyorlaydigan tizim sifatida yanada rivojlantirish – bu zamon talabi.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish yangi bosqichga ko‘tarilayotgan hozirgi davrda prokurorlik faoliyatida ochiqlikni yanada kuchaytirish, sizlar xizmat qilayotgan tizimda va boshqa sohalarda ushbu illatga chek qo‘yishda har bir xodim namuna bo‘lishi kerak. Chunki el-yurtimiz prokuratura organlarining xizmatchilari timsolida qonun posbonlari va adolat himoyachilarini ko‘radi.

Sizlar bunday munosabatni qadrlab, xalqimiz ishonchini oqlash uchun bundan buyon ham sidqidildan mehnat qilasiz, deb ishonaman.

Barchangizni kasb bayramingiz bilan yana bir bor qutlab, sizlarga mustahkam sog‘liq, g‘oyat mas’uliyatli faoliyatingizda yutuq va omadlar, xonadonlaringizga tinchlik va fayz-u baraka tilayman”, – degan prezident.


O‘zbekiston


														
														23-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

23-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:47 / 22.06.2026

														
														O‘zbekistondagi avtotransport vositalari soni qariyb 5 millionga yetdi

O‘zbekistondagi avtotransport vositalari soni qariyb 5 millionga yetdi

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni 4 million 903,1 mi…
16:41 / 22.06.2026

														
														Andijon, Farg‘ona va Toshkentda energiya resurslari hamda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Andijon, Farg‘ona va Toshkentda energiya resurslari hamda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Andijon viloyati, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida energiya resurslari hamda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish bi…
16:31 / 22.06.2026

														
														Piskentdagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi

Piskentdagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 22-iyun kuni Toshkent viloyatining Piskent tumanida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari do‘konida yong‘in sodir
16:20 / 22.06.2026

														
														Toshkent metrosi 23-iyun kuni soat 01:00 gacha ishlaydi

Toshkent metrosi 23-iyun kuni soat 01:00 gacha ishlaydi

Ertaga, 23-iyun kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi turi doirasida O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalar…
14:21 / 22.06.2026

														
														Sel oqibatida Surxondaryoni Tojikiston bilan bog‘lovchi xalqaro ko‘prik qulab tushdi

Sel oqibatida Surxondaryoni Tojikiston bilan bog‘lovchi xalqaro ko‘prik qulab tushdi

21-iyun kuni tog‘li hududlarda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hududida…
11:28 / 22.06.2026

														
														Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti administratsiyasi rahbari Roman Sklyar bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti administratsiyasi rahbari Roman Sklyar bilan uchrashdi

Ostona shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti a…
11:00 / 22.06.2026

														
														Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashdi

Ostona shahriga tashrifi doirasida O‘zbekiston Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Respublikas…
10:53 / 22.06.2026

														
														JCH-2026ning rasmiy to‘pi koinotga uchirildi

JCH-2026ning rasmiy to‘pi koinotga uchirildi

2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining rasmiy to‘pi – Trionda ilmiy tajriba doirasida Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) olib ch…
10:12 / 22.06.2026

														
														Andijondagi yog‘och omborida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Andijondagi yog‘och omborida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Andijon viloyatining Andijon tumanida joylashgan yog‘och omborida yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziy…
09:57 / 22.06.2026

Bu ham qiziq

Andijondagi yog‘och omborida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Andijondagi yog‘och omborida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Andijon viloyatining Andijon tumanida joylashgan yog‘och omborida yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziy…
09:57 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti administratsiyasi rahbari Roman Sklyar bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti administratsiyasi rahbari Roman Sklyar bilan uchrashdi

Ostona shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Prezidenti a…
11:00 / 22.06.2026
Toshkentda yana kuchli yomg‘ir va shamol kutilmoqda

Toshkentda yana kuchli yomg‘ir va shamol kutilmoqda

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, bugun tushdan keyin Toshkent shahrida ob-havo keskin o‘zgarishi mumkin. Poytaxtda qisqa mud…
14:13 / 20.06.2026
O‘zbekistonda 30 yildan oshgan avtomobillar utilizatsiyaga topshiriladi

O‘zbekistonda 30 yildan oshgan avtomobillar utilizatsiyaga topshiriladi

2026-yildan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan ortiq vaqt bo‘lgan avtomobillarni utilizatsiyaga top…
14:44 / 21.06.2026
Ertaga yilning eng uzun kuni bo‘ladi

Ertaga yilning eng uzun kuni bo‘ladi

Ertaga, 21-iyun kuni Shimoliy yarimsharda yilning eng uzun kuni kuzatiladi. Bu astronomik hodisa yozgi «Quyosh turishi» deb …
14:05 / 20.06.2026
Sirdaryo viloyatida o‘zining tanishiga qalbaki AQSH dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi

Sirdaryo viloyatida o‘zining tanishiga qalbaki AQSH dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Boyovut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro …
11:02 / 20.06.2026
Andijon, Farg‘ona va Toshkentda energiya resurslari hamda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Andijon, Farg‘ona va Toshkentda energiya resurslari hamda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Andijon viloyati, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida energiya resurslari hamda ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish bi…
16:31 / 22.06.2026
Zelenskiy Polshadan olgan “Oq burgut” ordenini pochta orqali qaytarib yubordi

Zelenskiy Polshadan olgan “Oq burgut” ordenini pochta orqali qaytarib yubordi

Polsha prezidenti Karol Navrotskiy ukrainalik hamkasbini mamlakatning eng oliy davlat mukofoti — “Oq burgut” ordenidan mahru…
10:27 / 21.06.2026
Sel oqibatida Surxondaryoni Tojikiston bilan bog‘lovchi xalqaro ko‘prik qulab tushdi

Sel oqibatida Surxondaryoni Tojikiston bilan bog‘lovchi xalqaro ko‘prik qulab tushdi

21-iyun kuni tog‘li hududlarda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hududida…
11:28 / 22.06.2026
Uzgidromet yana Toshkentda yomg‘ir, momaqaldiroq va kuchli shamol haqida ogohlantirmoqda

Uzgidromet yana Toshkentda yomg‘ir, momaqaldiroq va kuchli shamol haqida ogohlantirmoqda

Kecha bo‘lgan kuchli bo‘ronlardan so‘ng, meteorologlar kunning ikkinchi yarmida ob-havoning yomonlashishini taxmin qilmoqdal…
10:18 / 22.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!