Samarqandda sanitariya xulosasi uchun pora talab qilgan mansabdor ushlandi
Samarqand viloyati Toyloq tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bo‘linma boshlig‘i yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexi uchun sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib berish evaziga 9 mln so‘m pora talab qilgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, u avval 100 AQSH dollari va 500 ming so‘m olgan. Keyinchalik so‘ralgan pulning yana 400 AQSH dollarini olayotgan vaqtida DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan mansabdorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX fuqarolardan shu kabi korrupsion holatlarga duch kelganda 1520 qisqa raqamiga murojaat qilishni so‘radi. Murojaat qiluvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!