Vladivostokda og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol va farzandi vatanga qaytarildi
Rossiyaning Vladivostok shahrida og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi va uning voyaga yetmagan farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan fuqaro vaqtinchalik yashash joyi va tirikchilik uchun mablag‘i qolmagani sababli vatanga qaytishda yordam so‘ragan.
Shundan so‘ng Bosh konsulxona Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur tashkiliy va diplomatik choralarni ko‘rgan. Fuqaroning og‘ir ijtimoiy ahvoli inobatga olinib, Migratsiya agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Vladivostok – Toshkent” yo‘nalishiga aviachiptalar xarid qilingan.
Barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, kuzatuv ishlari yakunlangach, fuqaro va uning voyaga yetmagan farzandi Vladivostokdan jo‘natilib, O‘zbekistonga sog‘-salomat qaytarilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!