O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari “Altin balalik” reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, Qirg‘iz Respublikasi Birinchi xonimi Aygul Japarova hamda Ozarbayjon Respublikasi Birinchi xonimi Mehribon Aliyeva Qirg‘izistondagi “Altin balalik” reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati, tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan mahorat darslari bilan tanishib, bolalar bilan samimiy muloqot qildilar.
Mehmonlar sharafiga “Shattik” milliy raqs ansambli va yosh komuzchilar ansambli chiqish qildi. Shuningdek, “Aqilman” iqtidorli bolalar prezident litseyi tarbiyalanuvchilari tomonidan loy va kigizdan tayyorlangan buyumlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Shundan so‘ng delegatsiya markazning sohil hududi hamda san’at galereyasini ko‘zdan kechirdi. Unda Qirg‘izistonda o‘tkazilgan bolalar ijodiyoti bo‘yicha xalqaro tanlovlar g‘oliblari, jumladan, o‘zbekistonlik yosh rassomlarning ijod namunalari taqdim etildi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik ramzi hisoblangan “Do‘stlik daraxti” nomli kigiz pannosiga yakuniy bezak elementi tushirildi.
Tashrif yakunida Qirg‘iz Respublikasi Birinchi xonimi Aygul Japarova O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga qirg‘iz xalqining an’anaviy milliy musiqa asbobi — changqo‘bizni sovg‘a qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!