$
11979.83 UZS
-1.98
164.99 UZS
-0.14
13904.99 UZS
25.26
31° Kechasi 18°

Prezidentimizning Qashqadaryoga tashrifi davom etmoqda

14:55 / 24.10.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida 24-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatiga bordi.

Davlatimiz rahbari butun faoliyati davomida har bir soha bo‘yicha bevosita joylarga chiqib, xalq bilan muloqot qilib, aholi hayotidan kelib chiqib ish yuritadi. Mamlakatimiz hududlariga tashriflardan asosiy maqsad — qishloq aholisining turmush darajasini ko‘tarish, tumanlarni sanoatlashtirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash.  

Bu jihatlar Qashqadaryo viloyatiga tashrifda ham namoyon. Davlatimiz rahbari dastlab “Sulton tex group” klasterining to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Bu korxona umumiy qiymati 8 million 200 ming dollarlik loyiha evaziga o‘tgan yili ishga tushgan. Zamonaviy texnologiya va uskunalar samarasida yiliga 5 million dona tikuv-trikotaj mahsulotlari tayyorlash quvvati yaratilgan. 

E’tiborlisi, klaster “yangi mahsulot — yangi davlat” prinsipi asosida eksportni yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda sifatli tovarlar Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Polsha, Singapur, Rossiya kabi mamlakatlarga to‘liq eksport qilinmoqda. Daromad, ish unumdorligi ham shunga yarasha yuqori. Klasterda paxta yetishtirish va ishlab chiqarishning to‘liq zanjirida 3 mingga yaqin aholi mehnat qilmoqda. 

Prezident korxonadagi ish jarayoni bilan tanishdi. Bunday loyihalarning viloyat iqtisodiyoti va aholi bandligidagi ahamiyati haqida fikr bildirildi. Mutasaddilarga bu sohada imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

— Aholi, ayniqsa, qishloq joylardagi odamlarga munosib turmush sharoitlari yaratish islohotlarimizning asosi bo‘lishi kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Ma’lumki, Qashqadaryo viloyatida yurtimizdagi eng ko‘p paxta yetishtiriladi. Lekin uni qayta ishlash, tayyor mahsulotga aylantirish hajmi kam. Masalan, mato to‘qish va bo‘yash yo‘lga qo‘yilsa, tumanlarda qo‘shimcha 60 ming kishini band qilish mumkin.

Shu maqsadda “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi “Sulton staylz” korxonasida ham tatbiq etilmoqda. Amaliy monomarkaz tashkil etilib, ishsiz aholini to‘qimachilik kasbiga o‘rgatish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu jarayon ikki bosqichli bo‘lib, avval xotin-qizlarga korxonadagi texnologiya va asbob-uskunalardan foydalanish, mehnat xavfsizligi qoidalari o‘rgatiladi. Keyingi bosqichda ular murabbiylarga biriktirilib, bevosita ish o‘rinlarida amaliy bilim va ko‘nikmalarni egallaydi.

Shu yerda davlatimiz rahbariga Shahrisabz, Kitob va Qamashi tumanlarida turizmni rivojlantirish loyihalari taqdimot qilindi. Qishloqlarda infratuzilmani yaxshilab, sayyohlik yo‘nalishlariga kiritib, aholi uchun daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Bu ham qiziq

Toshkent xalqaro investitsiya forumi rasmiy homiylarini e’lon qildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi rasmiy homiylarini e’lon qildi

Forum 16–18-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi hamda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi investorlar, xalqaro…
18:18 / 15.06.2026
JCH-2026. Belgiya og‘ir o‘yinda Misr bilan ochkolarni bo‘lishib oldi

JCH-2026. Belgiya og‘ir o‘yinda Misr bilan ochkolarni bo‘lishib oldi

Saloh tug‘ilgan kunida assist qayd etdi, Lukaku jamoasining goliga sababchi bo‘ldi.Jahon chempionatida G guruhida 1-tur bahs…
09:58 / 16.06.2026
Bugun, 15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi,…
09:15 / 15.06.2026
17-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

17-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17:28 / 16.06.2026
Putin va Lukashenko karikaturalari bilan tanilgan rossiyalik rassom Polshada otib o‘ldirildi

Putin va Lukashenko karikaturalari bilan tanilgan rossiyalik rassom Polshada otib o‘ldirildi

Polshada yashab kelgan rossiyalik rassom va aksionist Semyon Skrepetskiy (asl ismi Robert Kuzovkov) otib o‘ldirildi. Mahalli…
11:56 / 16.06.2026
Samarqand va Qashqadaryoda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Samarqand va Qashqadaryoda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qa…
11:25 / 16.06.2026
Toshkentda yuk mashinalarining harakati vaqtincha cheklandi

Toshkentda yuk mashinalarining harakati vaqtincha cheklandi

16–18-iyun kunlari poytaxtda Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi munosabati bilan shaharga yuk avtomobillarini…
16:32 / 16.06.2026
Navoiyda uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisi 10-yilga qamaldi

Navoiyda uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisi 10-yilga qamaldi

Navoiy viloyatida 47 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasi yuzasidan sud h…
14:33 / 16.06.2026
5-Toshkent xalqaro investitsiya forumida (TIIF-2026) Platinum homiy sifatida ishtirok etmoqda

5-Toshkent xalqaro investitsiya forumida (TIIF-2026) Platinum homiy sifatida ishtirok etmoqda

Jahon miqyosida energetika transformatsiyasi jadallashayotgan bir davrda dunyo mamlakatlari energiya xavfsizligini mustahkam…
18:00 / 15.06.2026
Shveysariyada aholi sonini cheklash tashabbusi

Shveysariyada aholi sonini cheklash tashabbusi

Shveysariyada o‘tkazilayotgan referendum mamlakat siyosiy hayotida katta muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Taklifga ko‘ra, mamlaka…
15:45 / 14.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!