Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida Qizil kitobga kiritilgan bir dona Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i va uch dona yovvoyi to‘ng‘izni ovlagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmalari xodimlari hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Reyd davomida oq rangli “Niva Legend” rusumli avtomobil to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Uning ustki yukxonasidagi sakkizta qop ichidan bir dona ayiq va uch dona yovvoyi to‘ng‘izning tana bo‘laklari topilgan.
Shuningdek, avtomobildan uch dona soyli stvolli ov quroli, MS-2112 rusumli silliq stvolli ov miltig‘i, “Monza” rusumli o‘qlangan ov quroli, 7,62 kalibrli to‘rtta o‘q, 43 dona 7,62 kalibrli jangovar o‘q-dori, 56 dona mayda sochmali o‘q, 13 dona yakka jangovar o‘q, ikkita binokl, ikkita ovoz pasaytiruvchi moslama, pichoqlar, fonarlar, bolta va boshqa buyumlar aniqlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!