$
12011.65 UZS
48.49
₽
143.17 UZS
0.84
€
13462.66 UZS
72.3
31° Kechasi 18°

Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

16:06 / 16.10.2026

Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar peshlavha uchun reklama pasportini rasmiylashtirish talabidan rasman qutuldi. Tashqi reklama obyektlarini buzishdagi qo‘pol qonunbuzarliklarga ham chek qo‘yish uchun bunday ishlarning aniq tartibi belgilandi. Biznes o‘ziga tegishli transport vositalariga o‘z reklamasini joylashtirishi tartibi ham soddalashtirildi. Toshkent shahrining dizayn-kodi 10-dekabrgacha jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi.

Toshkent shahrida ko‘plab tadbirkorlarning noroziligini uyg‘otgan peshlavha muammosi yuzasidan qonunchilikka o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 13-oktyabrdagi qaroriga asosan, bundan buyon tadbirkorlik subyekti o‘zi egallab turgan bino yoki inshootning tashqi tomonida (kirish joyida) joylashtirgan nomi va faoliyat turi (ixtisosligi) to‘g‘risidagi axborot (peshlavha) shu jumladan, firma nomi, tovar yoki xizmat ko‘rsatish belgisi, tashqi reklama obyekti hisoblanmaydi hamda ushbu axborot vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish talab etilmaydi.

Dizayn-kod to‘satdan o‘zgarmaydi

Qarorda belgilanishicha, dizayn-kod bo‘yicha qarorlar faqat jamoatchilik muhokamasidan, jumladan, regulation.gov.uz portalidan o‘tgandan keyin qabul qilinadi. Ular e’lon qilingandan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.

Dizayn-kodni joriy etishda ro‘yxatdan o‘tgan tovar belgisidan foydalanish imkoniyati saqlanishi shart.

Toshkent shahrining dizayn-kodi 10-dekabrgacha tadbirkorlar va OAV ishtirokida muhokama qilinadi.

Tashqi reklama obyektlarini buzish

Hujjatda majburiy demontaj ishlarining aniq tartibi belgilandi:

demontaj kuni va vaqti haqida 2 kun oldin veb-saytda e’lon qilinadi, egasiga esa yozma xabar yuboriladi;

demontaj faqat ish kunlari soat 09:00–18:00 oralig‘ida amalga oshiriladi;

demontaj vaqtida egasi ishtirokida dalolatnoma tuziladi, unda sana, vaqt, sabab, fotosuratlar va konstruksiya saqlashga yuborilgan manzil ko‘rsatiladi;

tadbirkorga oid qarorlar va xabarnomalar uning yuridik manziliga yozma ravishda ham yuboriladi.

Qisqa muddatli reklama

Qisqa muddatli reklama uchun aniq muddatlar ham belgilandi: qurilish obyektlarida reklama qurilish tugaguncha turishi mumkin, bayram va tadbirlar uchun esa 30 kungacha.

Jamoatchilik nazorati

Tashqi reklama obyektlarining joylashtirilishi bo‘yicha “Xalq nazorati” elektron portali orqali jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yiladi.

Avtomobillardagi reklamalar

Yuridik shaxslarning mulk yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan o‘z avtotransport vositalariga o‘ziga tegishli tovar belgisi, faoliyat turiga tegishli yozuvlar va ishlab chiqaradigan mahsulotlari (ko‘rsatadigan xizmatlari) haqidagi reklama ma’lumotlari soddalashtirilgan tartibda joylashtiriladi.

Bunda yuridik shaxslar avtotransport vositalariga o‘ziga tegishli bo‘lgan tovar belgisini, faoliyat turiga tegishli yozuvlar va ishlab chiqaradigan mahsulotlari (ko‘rsatadigan xizmatlari) haqidagi reklama ma’lumotlarini joylashtirish uchun xabarnomani YAIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

Xabarnoma YaIDXPda qabul qilingan vaqtdan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departamenti xabardor qilingan hisoblanadi va tizim tomonidan reklama joyining pasporti avtomatik ravishda shakllantiriladi.

Xabarnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar, shuningdek, o‘zgalarga tegishli tovar belgilari taqdim etilganligi aniqlangan taqdirda, shakllantirilgan reklama joyining pasporti avtomatik ravishda bekor qilinadi va bu haqida yuridik shaxsga asoslantirilgan xat yuboriladi.

Yuridik shaxslar avtotransport vositalariga o‘ziga tegishli bo‘lgan tovar belgisini, faoliyat turiga tegishli yozuvlar va ishlab chiqaradigan mahsulotlari (ko‘rsatadigan xizmatlari) haqidagi reklama ma’lumotlarini joylashtirish huquqni beruvchi reklama joyi pasportini rasmiylashtirish uchun yig‘im undirilmaydi.

Pasportni onlayn bekor qilish mumkin: reklama joyi pasportidan ixtiyoriy voz kechish uchun YAIDXP orqali ariza yuboriladi. Ma’lumotlar soliq organlariga avtomatik tarzda yetkaziladi.


O‘zbekiston


														
														Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasiga zarur yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadi…
16:17 / 16.10.2026

														
														Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar peshlavha uchun reklama pasportini rasmiylashtirish talabidan rasman qutuldi.
16:06 / 16.10.2026

														
														Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda suyultirilgan gazdan foydalanadigan 3 million 800 ming xonadonni ta’minlash tizimini bosqichma-bosqich xususiy…
15:49 / 16.10.2026

														
														O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda ilk bor energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. …
15:39 / 16.10.2026

														
														2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan muloqotda umumiy quvvati 2 200 megavatt bo‘lgan 6 …
15:36 / 16.10.2026

														
														17-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

17-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kech…
15:29 / 16.10.2026

														
														Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtiroki kengaytiriladi

Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtiroki kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan muloqotda O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorlig…
15:20 / 16.10.2026

														
														Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

“Мен бугун сизларни кўпроқ мулоқотга таклиф қиламан. Бир нарсани билишларинг керакки, инвестор билан давлат орасидаги Ўзбеки…
15:13 / 16.10.2026

														
														Data-markazlar uchun elektr ta’minoti infratuzilmasi oldindan rejalashtiriladi

Data-markazlar uchun elektr ta’minoti infratuzilmasi oldindan rejalashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda yangi elektr stansiyalari bilan bir qatorda e…
15:03 / 16.10.2026

														
														O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ilk bor ishlab chiqilib, jamoatchilikka ochiq e…
14:59 / 16.10.2026

Bu ham qiziq

Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar peshlavha uchun reklama pasportini rasmiylashtirish talabidan rasman qutuldi.
16:06 / 16.10.2026
Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

“Мен бугун сизларни кўпроқ мулоқотга таклиф қиламан. Бир нарсани билишларинг керакки, инвестор билан давлат орасидаги Ўзбеки…
15:13 / 16.10.2026
17-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

17-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kech…
15:29 / 16.10.2026
Tramp yo‘lbars hujumida halok bo‘lgan yigit haqidagi videolarni tarqatdi

Tramp yo‘lbars hujumida halok bo‘lgan yigit haqidagi videolarni tarqatdi

Fojia 10-oktyabr kuni Donkaster shahri yaqinidagi “Yorkshire Wildlife Park” tabiat bog‘ida yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, …
16:24 / 15.10.2026
O‘zbekistonda energetika sohasiga 4,7 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

O‘zbekistonda energetika sohasiga 4,7 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Uchrashuvda energet…
14:51 / 16.10.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
17:16 / 15.10.2026
O‘zbekiston va Turkiya ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Turkiya ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Istanbul shahrida O‘zbekiston vakili Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidogu” maktab…
12:23 / 15.10.2026
Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 1,4 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 1,4 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida baliqxona va savdo do‘konida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.…
16:52 / 15.10.2026
O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Xodimlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ko‘rilgan choralarni kuzatish mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.
09:14 / 16.10.2026
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda suyultirilgan gazdan foydalanadigan 3 million 800 ming xonadonni ta’minlash tizimini bosqichma-bosqich xususiy…
15:49 / 16.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!