UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Joffri Ijumba bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun imzolanganini olqishladi. U yangi qonun bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
“Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Har bir bola xavfsiz muhitda, qadr-qimmati hurmat qilingan va huquqlari himoyalangan holda voyaga yetish huquqiga ega”, — dedi Joffri Ijumba.
Uning qayd etishicha, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuningdek, ta’lim muassasalarida javobgarlik choralarini kuchaytirish orqali bolalarni himoya qilish tizimini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Barnahus modeli asosida tashkil etilgan “Najot” markazining yaqin orada ochilishi zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga muvofiqlashtirilgan va ularning ehtiyojlariga mos yordam ko‘rsatish yo‘lidagi muhim qadam sifatida qayd etildi.
UNICEF qonundagi o‘zgarishlarni amaliyotga samarali tatbiq etish uchun davlat idoralari, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!