Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida savdo bilan shug‘ullanuvchi ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkakka nisbatan sud qarori chiqarildi. U 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, erkak M-39 avtomobil yo‘li bo‘yida savdo qilayotgan ayolning yoniga mast holatda kelib, pul evaziga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan va unga shahvoniy shilqimlik qilgan. Shundan so‘ng ayol ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.
Sud majlisida erkak qilmishini mast holatda sodir etganini tan olib, yengillik so‘ragan. Jabrlanuvchi esa unga nisbatan qonun doirasida qat’iy chora ko‘rilishini talab qilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41¹-moddasi 1-qismi (shahvoniy shilqimlik qilish) bilan aybdor deb topilib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan. Shuningdek, jabrlanuvchiga moddiy va ma’naviy zararlarni undirish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!