$
11941.65 UZS
-81.81
₽
147.65 UZS
-1.79
€
13383.01 UZS
-78.46
31° Kechasi 18°

“Qo‘yliq” bozori buzilmaydi!

17:56 / 24.06.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘yliq” bozorini shahar ehtiyojlari uchun olib qo‘yish masalasi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Toshkent shahar hokimligi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ishlar doirasida “Qo‘yliq” dehqon bozorining to‘liq hududi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi ko‘zda tutilmagan. Asosiy kirish joyi oldidagi avtoturargoh hududining bir qismi va bir nechta vaqtincha savdo qurilmalarining o‘rni qurilish jarayoniga jalb etiladi. Bunda asosiy bino va savdo rastalarining aksariyati o‘z joyida qoladi. Loyihaga ko‘ra, jalb etiladigan hududning umumiy maydoni 10 ming kvadrat metr atrofida bo‘ladi.

“Qo‘yliq” buyum bozori ham to‘liq olib qo‘yilmaydi. Bu yerda ham avtoturargoh hududi va bir nechta vaqtincha qurilmalarning o‘rni ishlarga jalb etilib, ular uchun kompensatsiya mablag‘lari to‘lab beriladi. Buyum bozorining ham asosiy paviloni o‘z joyida qoladi. Avtoturargoh hududi bilan birga ishlarga jalb etiladigan umumiy maydon 6,3 ming kvadrat metrni tashkil etadi.

Ishlar yakunidan so‘ng, bozorlarning avtoturargohi xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda tegishli ruxsatnoma bo‘lsa, ko‘prik va yondosh yo‘llarning tayanch inshootlari ostida joylashtirilishi mumkin.

“OAVda keltirilayotgan jadval faqatgina obyektlar haqidagi umumiy ma’lumotni aks ettirgan bo‘lib, ular buzilishidan dalolat bermaydi.

Ushbu yer maydonlari yo‘l o‘tkazgich, Bektemir yo‘lidan TXAYga va TXAYdan Bektemir yo‘liga (Farg‘ona yo‘lining davomi) tushuvchi yo‘llar qurilishi sababli davlat va jamoat foydasiga jalb etilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda poytaxtda yo‘l-transport infratuzilmasini takomillashtirish ishlari davom etmoqda. Ushbu yo‘l o‘tkazgich, shu jumladan, uning tarkibidagi yondosh yo‘llar shaharga kirishda transport oqimini tezlashtirish, shaharga kirish qismida tirbandliklarning va avariyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev xorijdagi özbekistonliklar muammolarini hal qiliş uçun yangi tizim joriy etişni topşirdi

Mirziyoyev xorijdagi özbekistonliklar muammolarini hal qiliş uçun yangi tizim joriy etişni topşirdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi «Intil» xalqaro til va kasbga öqitiş markazida…
12:51 / 02.11.2026
Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkor…
12:11 / 30.10.2026
Özbekiston va AQŞ Sietlda sun’iy intellekt böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi

Özbekiston va AQŞ Sietlda sun’iy intellekt böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi

30-oktyabr kuni AQŞning Vaşington ştatidagi Sietl şahrida Özbekiston va AQŞ örtasida sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik i…
12:30 / 02.11.2026
Toşkentdagi xalqaro turnirga kelgan qozoğistonlik yoş futbolçilar zaharlandi

Toşkentdagi xalqaro turnirga kelgan qozoğistonlik yoş futbolçilar zaharlandi

Toşkent şahrida ötkazilayotgan «Döstlik Cup 2026» xalqaro futbol festivalida iştirok etiş uçun kelgan qozoğistonlik yoş futb…
17:24 / 02.11.2026
Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning aksariyat hududlarida yoğingarçilik kuzatilmaydi. Bu haqda Öz…
17:34 / 02.11.2026
Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google’ning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda şaxsiy ma’lumotlarni hi…
09:27 / 31.10.2026
Özbekistonda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasi faoliyati yölga qöyiladi

Özbekistonda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasi faoliyati yölga qöyiladi

Özbekistonda kelasi yili ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasining faoliyatini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Ular muta…
12:42 / 02.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Anqarada Turkiy davlatlar taşkiloti Oila va xotin-qizlar kengaşining birinçi yi…
09:32 / 31.10.2026
Mirziyoyev ayrim hududlarda mehnat migrantlari daromadi pastligini tanqid qildi

Mirziyoyev ayrim hududlarda mehnat migrantlari daromadi pastligini tanqid qildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasiga bağişlangan yiğilişda hududlar kesimida xorijda işlayotgan fuqarolarning ö…
11:48 / 02.11.2026
Yevropa va boşqa davlatlarda özbekistonliklar uçun iş imkoniyatlaridan foydalanilmayotganini tanqid qildi

Yevropa va boşqa davlatlarda özbekistonliklar uçun iş imkoniyatlaridan foydalanilmayotganini tanqid qildi

Yevropa Ittifoqi ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etiş masalasini migratsiya strategiyasiga kiritdi. Prezident…
11:54 / 02.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!