“O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari sa’y-harakatlari bilan Qozog‘iston hududida mushkul ahvolda qolgan yurtdoshlarimizni Vatanga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilyapti”, – deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Bosh konsulxonadan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan D.N. hamda K.R. va uning 2021-yilda tug‘ilgan farzandi M.A. Qozog‘istonda mushkul vaziyatga tushib qolganlarini bildirgan holda, oilasi bag‘riga yetib olishi uchun moddiy yordam so‘ragan.
O‘zbekiston diplomatlari tomonidan mavjud holat o‘rganilganidan so‘ng, ularga 16-avgust va 18-avgustga belgilangan Olmaota-Nukus yo‘nalishidagi aviareyslarga chipta sotib olib berilgan.
O‘zbekistonda 30-iyuldan 30-avgustgacha e’lon qilingan “Vatanga qaytarish” insonparvarlik loyihasi doirasida o‘zbekistonliklar yaqinlari bag‘riga qaytarilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!