Toshkentning Chilonzor tumanidagi maktablarning birida rus tili fani darsida o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mazkur holat bo‘yicha Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova O‘zbekistondan tushuntirish so‘ralganini ma’lum qildi.
Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova vazirlikka yo‘llangan “Toshkentda rusiyzabon bola kaltaklaganiga qanday munosabat bildirasiz?” mazmunidagi savolga javoban mazkur hodisa yuzasidan Moskva Toshkentdan tushuntirish so‘raganini aytgan.
Ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan do‘stona munosabatlarda hech qanday adovatga, ayniqsa, til masalasida o‘rin yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, degan rossiyalik amaldor.
Mariya Zaxarova Rossiya O‘zbekistondan yuz bergan hodisaga huquqiy baho berishni va bolaga nisbatan shafqatsizlik qilgan aybdorga qarshi choralar ko‘rishni so‘raganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, “Bu holatni e’tibor bilan kuzatamiz”, – deya xulosa qilgan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi.
Rossiyalik amaldor kaltaklangan o‘quvchi O‘zbekiston yoki Rossiya Federatsiyasi fuqarosi ekaniga aniqlik kiritmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!