TACC xabar berishicha, Rossiyada 2027-yil oxirigacha xorijiy fuqarolarning mamlakat ichidagi harakatlanishini nazorat qiluvchi yangi axborot tizimi yaratiladi. 2026-yilda esa xorijiy fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda mamlakat hukumatining migratsiya siyosati sohasidagi rejasida so‘z boradi.
Hujjatda xorijiy fuqarolarning harakatlanishini nazorat qilish axborot tizimini yaratish muddati 2027-yil 10-dekabr qilib belgilangan. Mazkur ishlar Ichki ishlar organlari, Federal xavfsizlik xizmati, Transport vazirligi va Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan Rossiya hududlari ishtirokida olib boriladi.
Shuningdek, Rossiya IIV 2027-yilga qadar xalqaro aviakompaniyalarning aviachiptalarni bron qilish tizimlariga kirish huquqini oladi. Bu xorijiy tashuvchilarni Rossiyaga kirishi taqiqlangan chet el fuqarolari haqida oldindan xabardor qilish maqsadida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!