Tatariston Respublikasi hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida og‘ir tan jarohati olgan fuqaro vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 1-sentyabr kuni Tatariston Respublikasi hududidan o‘tuvchi Aznakayevo–Almetevsk trassasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Ushbu hodisa oqibatida O‘zbekiston fuqarosi T.J. og‘ir tan jarohati olgan va u zudlik bilan Almetevsk tumanlararo ko‘p tarmoqli shifoxonasiga yotqizilgan.
Bemorning onasi o‘g‘lini O‘zbekistonga olib ketish uchun moliyaviy ko‘mak so‘rab Bosh konsulxonaga rasman murojaat qilgan. O‘zbekiston diplomatlari jabrlangan o‘zbekistonlikka barcha turdagi konsullik-huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatgan.
Xususan, shifokorlar va boshqa idoralar bilan zarur uchrashuvlar o‘tkazilgan hamda holat doimiy nazoratga olingan.
Shuningdek, mazkur ariza asosida Bosh konsulxona xodimlari tomonidan bemorni mamlakatga qaytarish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash ishlari amalga oshirilgan.
Natijada yo‘l-transport hodisasi oqibatida og‘ir tan jarohati olgan T.J. va uning onasi 26-sentyabr kuni vatanga qaytarilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!