Dunyoda ko‘zni quvontiradigan rang-barang bayramlar qatori qo‘rqinchli va insonni dahshatga soluvchi bayramlar ham bor.
Masalan:
1. Meksika, Gvatemalada har yilning 1 va 2-noyabr kunlari o‘tkaziladigan O‘lganlar kuni.
Bu kun katta karnaval tarzida nishonlanadi. Lotin Amerikasida yuzlab odamlar marhumlar tasvirlangan liboslarni, bosh suyagi va skeletlarni qo‘llarida ko‘tarib yurishadi. Qabristonlarni ziyorat qiladilar va qabrlarni gullar bilan bezashadi. Nazariy jihatdan, O‘lganlar kunini nishonlash an’anasi qurbonliklar va inson bosh suyagi qorong‘u Aztek marosimlariga borib taqaladi.
2. Krampus kechasi Markaziy Yevropada 5-6-dekabr kunlari nishonlanadi.
Krampus yil bo‘yi axloqsiz bo‘lgan bolalarni jazolash va sovg‘asiz qoldiruvchi obraz egasi. 17-asrda Avstriyada ixtiro qilingan Aziz Nikolayning qarama-qarshi personaji. Krampus Rojdestvo kechasi keladi va yaxshi o‘qimagan bolalarni o‘g‘irlab ketadigan shayton ko‘rinishida bo‘ladi.
3. To‘qqiz Taoist ilohi yoki Vegetarianlar festivali Tailandning Pxukent orolida kuzning boshida nishonlanadi.
Orol aholisi festival davomida o‘z-o‘zini qiynoqqa solish amaliyotini qo‘llaydi: ular yonoqlari va tillarini turli o‘tkir buyumlar bilan teshadi, issiq cho‘g‘da yalangoyoq yurishadi, tanalarini shisha va pichoqlar bilan kesishadi. Yaxshiyamki, bugungi kunda bularning barchasi shifokorlar nazorati ostida sodir bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!