KXDR yetakchisi Amerika Qo‘shma Shtatlari va Janubiy Koreya rejimining “mas’uliyatsiz harakatlari” Pxenyanning yanada kuchli reaksiyasini keltirib chiqarishi haqida ogohlantirdi.
KCNA davlat axborot agentligininig xabar berishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh yoki Janubiy Koreya bilan muzokaralar o‘tkazish niyatida emas, u bu mamlakatlarni dushman deb ta’riflagan.
Kim Chen Inning aytishicha, dushmanlar bizga harbiy tahdid tugʻdirar ekan, KXDRning dushman bilan muloqot qilishdan ehtiyoji ham yoʻq.
Kim Chen Inning fikricha, uning mamlakati, birinchi navbatda, mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirayotgan dushmanlarga aniq signal yuborishi kerak.
KCNA maʼlumotlariga koʻra, Shimoliy Koreya yetakchisi “Biz Koreya yarim orolidagi beqaror xavfsizlik holati va dushmanlarning eʼtibordan chetda qoldirib boʻlmaydigan barcha harbiy harakatlarini diqqat bilan kuzatib boramiz va kerak boʻlsa, barcha harbiy qarshi choralarni koʻramiz”, - deb qoʻshimcha qilgan.
Prezident shuningdek, KXDRning yadroviy jangovar kuchlari mamlakat qadr-qimmati, suvereniteti va yashash huquqining himoyasida o‘zining eng kuchli yadroviy javob pozitsiyasini saqlab qolishini ishonch bilan aytgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!