Soch oqarishi ertami-kechmi, har kimni oʻyga toldirishi, bezovta qilishi aniq. Yosh oʻtgan sayin boshimizdagi oq sochlar koʻpayishi esa tabiiy hol. Lekin bugun ayrim 20-25 yoshdagi qizlar sochiga tushgan oq toladan koʻp shikoyat qilishadi. Sochga erta oq tushmasin desangiz, quyidagi maslahatlarga quloq tuting.
1. Taomnomaga eʼtibor bering
Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini olib borish soch oqarishini oldini olishning oltin qoidasi. Agar sochlaringiz katta tezlik bilan oqarayotgan boʻlsa, unda taomnomangizga jiddiy eʼtibor qaratib, ayrim yeguliklardan vaqtincha voz keching. Shunda soch oqarishini sababini aniqlash oson kechadi. Mutaxassislar kundalik taomnomasida loviya, ismaloq va sholgʻomdan koʻp foydalanadigan kishining sochi tez oqarmasligini aytadi. Buni oʻzingizda sinab koʻring.
Shuningdek, tarkibida yod koʻp uchraydigan mahsulotlar ham sochning oqarishiga qarshi eng yaxshi vosita hisoblanadi.
2. Sariyogʻdan yordam
Oddiy sariyogʻ tarkibidagi minerallar ham soch oqarishi jarayonini sekinlashtirib, hattoki rang berishga yordamlashar ekan. Sariyogʻni eritib, soch ildiziga uqalovchi harakatlar bilan surtib chiqing. Muolajani haftada ikki marta takrorlash tavsiya etiladi.
3. Stressdan qutuling
Muddatidan oldin soch oqarishining asosiy sabablaridan biri, bu – qattiq tushkunlikka tushish. Doim bir narsani oʻylash, oʻzini notinch his qilish va nimadandir qoʻrqib yashash, oxir-oqibat stressga olib keladi. Natijada, nafaqat sochlar, balki tana ham aziyat chekishi mumkin. Buning oldini olish uchun oʻzingizni boʻsh tutib, muammolaringizni asabiylashib emas, balki tinch holatda hal qilishga oʻrganing. Doimiy ravishda jismoniy tarbiya mashqlarini bajarib, tanangizni chiniqtiring.
4. Qora choy rang beradi
Qora choy soch oqarishini toʻxtatish uchun qoʻllaniladigan eng samarali vositalardan biri. Qora choyning foydali xususiyati shundaki, u soch oqarish jarayonini toʻxtatish bilan birga, oqargan sochlarga qaytadan rang berib, avvalgi holatiga qaytarishga yordam beradi. Bir stakan achchiq qilib damlangan qora choyni bir oshqoshiq oʻsimlik yogʻi bilan yaxshilab aralashtirib, soch ildizidan boshlab to uchigacha surtib chiqing. Yaxshi natijaga erishish maqsadida niqobni kuniga ikki mahal qoʻllash tavsiya etiladi.
Achchiq qilib damlangan bir stakan qora choyni 1 oshqoshiq osh tuzi bilan aralashtiring. Soʻng ana shu aralashmani uqalovchi harakatlar yordamida boshga surtib, bir soat kuting. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetganidan keyin iliq suv yordamida yuvib tashlang. Muolaja bir mahal qoʻllaniladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!