$
11987.16 UZS
13.68
₽
146.29 UZS
-0.3
€
13393.25 UZS
-43.39
31° Kechasi 18°

SSV Farhod Mannopovning o‘ligi chiqqan “Star Med Center” faoliyatini 10 kunga to‘xtatdi

21:03 / 14.03.2023

“Mittivine” taxallusi bilan faoliyat yuritgan bloger Farhod Mannopovning o‘limidan oldin operatsiya qilgan “Star Med Center” bugun, 14-martdan e’tiboran faoliyatini 10 kunga to‘xtatdi. Mazkur tibbiyot muassasasida bir qator litsenziya talab va shartlariga nomuvofiqliklar aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

"Sog‘liqni saqlash vazirligi vakolatli organ sifatida tibbiy faoliyat uchun litsenziya berish jarayonini tashkil etishda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida belgilangan prinsiplarga, xususan, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini saqlashning, jamoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvorligiga amal qilgan holda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablariga to‘liq muvofiqlik ta’minlanishini nazorat qiladi.

Shundan kelib chiqqan holda ayni paytda vazirlik tegishli organlar bilan birgalikda fuqaro Farhod Mannopov vafoti yuzasidan poytaxtimizdagi “Star Med Center” klinikasida o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Dastlabki tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur tibbiyot muassasasida bir qator litsenziya talab va shartlariga nomuvofiqliklar aniqlangan.

Shu bois Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom”ning 40-bandiga asoslanib, vazirlikning joriy yil 11-martdagi 33-06795-sonli qarori bilan “OMAD PLYUS” MCHJga 2021-yil 16-fevralda tibbiy faoliyat uchun berilgan 27390032-sonli litsenziya talablari va shartlari buzilganligi hamda kelgusida salbiy oqibatlar kelib chiqishining oldini olish maqsadida vaqtincha to‘xtatilgan.

Bu haqdagi ma’lumot esa vazirlikning 33-06793-sonli xati bilan shu yil 11-mart kuni mazkur klinikaning elektron shaxsiy kabineti va telefon raqamiga SMS orqali yuborilgan. Qolaversa, 13-mart kuni tegishli hujjatlar qog‘oz shaklida takroran klinikaning pochta va faoliyat manziliga jo‘natilgan”, deyiladi SSV xabarida.

Qayd etilishicha, Adliya vazirligining mazkur reyestrida ham ushbu tashkilotning litsenziyasi to‘xtatilganligini ko‘rish mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli qarori bilan “OMAD PLYUS” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli ushbu xususiy tibbiyot muassasasi bugun, 14-mart kunidan boshlab, 10 kun muddatga o‘z faoliyatini to‘xtatganini vazirlikka ma’lum qilgan.


Bu ham qiziq

Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlandi

Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiriş holatlari aniqlandi

Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan umumiy qiymati 1 milliard 20,6 million sömlik zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kiri…
14:24 / 05.11.2026
Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyadagi qurolli hujumda sakkiz kişi halok böldi

Turkiyaning Afyonkarahisar provinsiyasida 5-noyabr kuni sodir etilgan qurolli hujumlar oqibatida sakkiz kişi halok böldi. Hu…
14:45 / 06.11.2026
Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

Özbekistonda paxta yetiştiriş hajmi 5 million tonnadan oşdi: rekord natijaga qanday erişildi?

2026-yilda Özbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev dehqon va…
17:11 / 05.11.2026
Samarqandda 4 kişini Umraga yuboriş evaziga 5 ming dollar olgan şaxs uşlandi

Samarqandda 4 kişini Umraga yuboriş evaziga 5 ming dollar olgan şaxs uşlandi

Samarqandda tegişli litsenziyaga ega bölmagan sayyohlik firmasi xodimi tört kişini Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, 5 …
15:25 / 04.11.2026
Toşkentda isitiş tizimi 9-noyabrdan bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi.

Toşkentda isitiş tizimi 9-noyabrdan bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi.

Toşkentda 9-noyabrdan maktab, boğça, şifoxona va köp kvartirali uylarga issiqlik beriş boşlanadi. Isitiş tizimi bosqiçma-bos…
08:55 / 07.11.2026
YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

YPX xodimini haqorat qilib, videoni Instagram’ga joylagan fuqaro 8 sutkaga qamaldi

Andijon viloyatining Böston tumanida yöl-patrul xizmati inspektorini haqorat qilib, holat aks etgan videoni Instagram’ga joy…
15:40 / 04.11.2026
Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyatini takomillaştiriş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Viloyat narkologiya muassasasi faoliyati örganildi. Taşrifdan közlangan maqsad sohadagi mavjud holatni joyida baholaş va tiz…
09:22 / 05.11.2026
Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlar oilasiga 220 mln sömgaça yordam beriladi

Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida fuqarolarning hayoti, soğliği va mol-mulkiga yetkazilgan z…
14:28 / 05.11.2026
“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

“Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olganlarga avtokredit böyiça imtiyoz beriladi

Özbekistonda “Jamiyatdagi faol fuqaro” maqomini olgan şaxslarga avtokredit boşlanğiç badalining bir qismini qoplab beriş, ko…
14:28 / 06.11.2026
Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryoda piyoz narxi 4,5 ming sömgaça oşdi: vazirlik sabablarini ma’lum qildi

Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning bir kilogrammi 4–4,5 ming sömdan sotilmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi narx oşişi…
09:36 / 05.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!