$
11941.65 UZS
-81.81
₽
147.65 UZS
-1.79
€
13383.01 UZS
-78.46
31° Kechasi 18°

Stalin g‘azabiga uchragan xalq. Chechen va ingushlar ona yurtidan quvilganiga 78 yil bo‘ldi

18:23 / 23.02.2022

1944-yilning fevral oyi. Ikkinchi jahon urushi davom etayotgan vaqt. Chechen qishloqlarida hayot bir maromda o‘tib borar edi. Qishloq aholisi frontga oziq-ovqat yetkazib berish uchun tinim bilmay ishlardi. Biroq, kutilmaganda harbiylar paydo bo‘ldi. Ular butun qishloq aholisini ko‘chaga haydab chiqishdi...

Bundan roppa-rosa 78 yil oldin, anirog‘i 1944-yil 23-fevral kuni Sovet Ittifoqining rahbari Iosif Stalinning burug‘i bilan Chechen-Ingush Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi hududidagi chechen va ingushlarni O‘rta Osiyoga deportatsiya qilish operatsiyasi boshlandi. Bu jarayon 1944-yil 9-mart kunigacha davom etdi.

Tarixiy maʼlumotlarga ko‘ra, ko‘chirish vaqtida va undan keyingi yillarda taxminan 100 ming chechen, 23 ming ingush ochlikdan nobud bo‘lgan. Xo‘sh, Stalin nega chechen va ingushlarni O‘rta Osiyoga ko‘chirishga qaror qildi? Buning oqibatida qanday voqealar yuz berdi?..

Bugun shu haqida so‘z yuritamiz.

Chechen-Ingush Avtonom Respublikasi

1921-yilning kuzida Checheniston Tog‘li Respublika tarkibidan ajralib chiqdi. Bir yildan so‘ng Checheniston milliy okrugga, keyin esa avtonom viloyatga aylantirildi. 1924-yilning iyul oyida Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining qarori bilan Tog‘li Respublika tugatilib, uning o‘rnida ikkita avtonom viloyat  Ingush va Shimoliy Osetiya tashkil etildi. 1929-yilning boshida Sunja kazak okrugi Chechen avtonom okrugiga biriktirildi. 1934-yilda Chechen va Ingush avtonom viloyatlari Chechen-Ingush avtonom viloyatiga birlashtirildi.

Tarixiy maʼlumotlarga ko‘ra, 1939 yilda Chechen-Ingush avtonom viloyatida  697 mingga yaqin aholi istiqomat qilgan. Ulardan 52,9 foizi chechen, 12,0 foizi ingush bo‘lgan.

Chechenlar sotqinmi?

1941-yil 21-iyun kuni Germaniya armiyasi Sovet Ittifoqiga hech qanday ogohlantirishlarsiz bostirib kirdi. Shundan so‘ng Ittifoq bo‘ylab umumiy harbiy safarbarlik eʼlon qilindi. Minglab chechen va ingushlar frontga ketdi.

Tarixiy maʼlumotlarga ko‘ra, “Ulug‘ Vatan” urushi (1941-1945) davrida 28,5 ming chechen va ingush jang qilgan. Biroq, ularning ayrimlari Germaniya tomoniga o‘tib ketgan. Shuni ham taʼkidlash kerakki, urush davrida bir millionga yaqin Sovet fuqarosi nemislar tarafiga o‘tgan.

Tarixchilar chechen va ingushlarning O‘rta Osiyoga ko‘chirilishi haqida turlicha fikr bildirishgan. Xususan, bir guruh ekspertlar urush vaqtida ko‘plab chechen-ingush harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagani va fashistlar bilan til biriktirgani uchun deportatsiya qilinganini taʼkidlashadi.

Vermaxt arxiv hujjatlari o‘rganilganida, chindan ham nemislar Chechen-Ingush Avtonom Respublikasida ayrimlarning qo‘li bilan qo‘zg‘olon ko‘tarish rejasi bo‘lgani aniqlangan. Biroq, bu reja mahalliy aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaganligi sababli muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Boshqa bir tarixchilar esa Stalin ozodlikka intilayotgan xalqlarning intilishlarini sindirish va o‘z imperiyasini mustahkamlash uchun mayda xalqlarni mamlakatning ichkarisiga ko‘chirgan deb iddao qilishadi.

NKVDning o‘yini

1943 yilga kelganda frontlarda ahvol ancha barqarorlashdi. Ketma-ket g‘alabalardan so‘ng armiyaning nufuzi ko‘tarilib ketdi. Bu o‘z navbatida NKVD rahbari Lavrentiy Beriyaning obro‘siga putr yetkazdi. Sovet Ichki ishlar xalq komissarligi o‘z reytingini oshirish maqsadida Chechen-Ingush masalasini ko‘tardi.

NKVD arxiv hujjatlariga ko‘ra, 1942-yilning mart oyida 13 ming nafar tog‘lik harbiy xizmatdan bo‘yin tovlab, tog‘dagi jinoiy guruhlarga qo‘shilib ketgan. Bundan tashqari, chechen va ingushlarni deportatsiya qilish jarayonida 20 mingdan ortiq o‘qotar qurol topilgan. Biroq, tarixchi Yavus Zayndiyevich Axmadov bu maʼlumotlarni “siyosiy soxtalik” deb atagan.

“Yasmiq” operatsiyasi

1943-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS) Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosining yig‘ilishida chechen va ingushlarni deportatsiya qilish masalasi muhokama qilindi. Yig‘ilishda  Vyacheslav Molotov, Andrey Jdanov, Voznesenskiy va Andreyev barcha chechen va ingushlarni zudlik bilan quvib chiqarishni taklif qildi. Lekin Stalin, Voroshilov, Xrushyov, Kaganovich, Beriya va Kalinin esa deportatsiyani Shimoliy Kavkaz nemislardan to‘liq ozod qilingandan so‘ng boshlashni maʼqulladi.

1944-yilning yanvar oyida Lavrentiy Beriya Chechen-Ingush Avtonom Respublikasiga keldi va ko‘chirish ishlariga bosh qosh bo‘ldi. U 17-fevral kuni Stalinga shunday telegramma jo‘natadi:

“Chechen va ingushlarni ko‘chirish bo‘yicha operatsiyaga tayyorgarlik yakunlanmoqda. Ko‘chirilishi kerak bo‘lgan 459 486 kishi, jumladan, Dog‘istonning Chechen-Ingushetiya bilan chegaradosh hududlari va Vladikavkaz shahrida istiqomat qiluvchilar ro‘yxatga olingan. Ko‘chirishga tayyorgarlik bo‘yicha ishlarning holatini joyida tekshirib, zarur choralarni ko‘raman. Deportatsiya 22 yoki 23 fevral kuni boshlanishi rejalashtirilgan. (Lavrentiy Beriyadan Iosif Stalinga telegramma. 1944-yil 17-fevral)”

“Bugun, 23 fevral kuni tongda chechenlar va ingushlarni ko‘chirish bo‘yicha operatsiya boshlandi. Ko‘chirish ishlari yaxshi ketmoqda. Diqqatga sazovor hodisalar yo‘q. Shaxslar tomonidan qarshilik ko‘rsatishga urinish bo‘yicha 6 ta holat qayd etilgan, ularni hibsga olish yoki qurol ishlatish yo‘li bilan to‘xtatilgan. Operatsiya bilan bog‘liq holda hibsga olinishi rejalashtirilgan shaxslardan 842 kishi hibsga olindi. Soat 11:00 da aholi punktlaridan 94 741 kishi evakuatsiya qilindi. Yaʼni ko‘chirilishi kerak bo‘lganlarning 20 foizdan ortig‘i, shundan 20 023 nafari temir yo‘l poyezdlariga yuklangan. (Lavrentiy Beriyadan Iosif Stalinga telegramma. 1944-yil 23-fevral)”

Bu voqeada bevosita ishtirok etgan Zalva Musayeva o‘zining xotira daftarida shunday yozadi:

“Stalinning buyrug‘i bilan barcha ko‘chaga haydab chiqarildi. Hamma bir yerga yig‘ilib, qishloqdan birin ketin olib ketila boshlandi. Bizga uch nafar harbiy xizmatchi kelib, kattalar bor-yo‘qligini so‘radi. Men onam va akamni kutayotganimni aytdim. Harbiylar ularni kutishning hojati yo‘qligini, kelmasliklarini aytishdi va menga uydagi narsalarni yig‘ishda yordam berishni boshladilar. Ular menga o‘zim bilan ovqat va issiq kiyim olib ketishni taklif qilishdi. Mahsulotlardan makkajo‘xori, issiq kiyimlar, onamning ko‘ylagi va otamning eski bushlat (fufayka)lari oldim. Bular menga Qozog‘istonda omon qolishim uchun imkon berdi...

...biz Grozniyga aravada yetib keldik. Bu yerda onam, akam bilan uchrashishni juda orzu qildim. 10-15 ta oila yuk vagoniga o‘tirildi va har bir chechen oilasida 6-7 bola bor edi.”

 

Chechen-Ingush Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Angusht qishlog‘idan oilasi bilan badarg‘a qilingan Issa Qodzoyev o‘zining xotira daftarida shunday yozadi:

“Men uyg‘onib ketdim, chunki uyda ayollar yig‘lab baqirishardi. Erkaklar masjiddan qaytishdi. Hovlimizga ko‘plab askarlar kirib kelishdi. Bizning uyda “Xagi” otli itimiz bor edi. “Xagi” askarlarni hovliga kiritmadi. Shunda bir askar miltig‘ini ko‘tarib itimizni otdi. Men o‘q ovozini eshitdim.  Derazadan qarasam “Xagi” hovuzda qizil qoniga botib yotganini ko‘rdim.”

Mahalliy aholi deportatsiya qilingandan so‘ng ularning bu hududdagi izlari yo‘q qilindi. Aholi punktlariga rus va osetin nomlari berildi, masjidlar va qabristonlar tahqirlandi hamda talon-toroj qilindi. Qabr toshlari olinib qurilish uchun ishlatildi. Chechen va ingush tilidagi kitoblar yoqib yuborildi. Deportatsiya paytida va undan keyingi yillarda, taxminan 100 ming chechen va 23 ming ingush ochlikdan nobud bo‘ldi.

1957-yil 9-yanvar kuni Sovet Ittifoqi rahbariyatining qarori bilan Chechen-Ingush Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi qayta tiklandi. Biroq uning chegaralari o‘zgartirildi. Shundan so‘ng chechenlar va ingushlarga o‘z Vatanlariga qaytishga ruxsat berildi.

Nihoyat, 13 yillik sargardonlikdan so‘ng chechen va ingushlar o‘zlarining kindik qonlari to‘kilgan yerga qaytishdi.


Boshqalar


														
														Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyada ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayol va mehribonlik uyi…
11:40 / 21.10.2026

														
														AQShdagi maktabda otishma: to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQShdagi maktabda otishma: to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQSHning Oregon shtatidagi Bend shahrida 15-oktyabr kuni Silver Rail boshlang‘ich maktabida 16 yoshli o‘smir tomonidan sodir…
09:43 / 16.10.2026

														
														Mariya Timofeyeva O‘zbekistonning birinchi raketkasiga aylandi

Mariya Timofeyeva O‘zbekistonning birinchi raketkasiga aylandi

Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) yangilangan jahon reytingida o‘zbekistonlik 22 yoshli tennischi Mariya Timofeyeva 63-o‘…
12:48 / 13.10.2026

														
														Tramp 20 milliondan ortiq keksa amerikalikka 90 dollardan to‘lov berilishini ma’lum qildi

Tramp 20 milliondan ortiq keksa amerikalikka 90 dollardan to‘lov berilishini ma’lum qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Medicare dasturida ro‘yxatdan o‘tgan 20 milliondan ortiq keksa amerikalikka bir martalik 90 dol…
12:24 / 04.10.2026

														
														Maktab bitiruvchilari til va kasbni egallab chiqishi kerak — Prezident

Maktab bitiruvchilari til va kasbni egallab chiqishi kerak — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilari katta hayotga kamida biror til va kasbni egallagan holda chiqishi zarurli…
14:11 / 30.09.2026

														
														Qozog‘istonda 19 nafar harbiy Kaspiy dengizida oqib ketdi: 9 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda 19 nafar harbiy Kaspiy dengizida oqib ketdi: 9 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida o‘quv-jangovar mashg‘ulotlar vaqtida 19 nafar harbiy xizmatchi Kaspiy dengizida oqimga…
16:22 / 24.09.2026

														
														Texas qamoqxonalariga konditsioner o‘rnatish majburiy etib belgilandi

Texas qamoqxonalariga konditsioner o‘rnatish majburiy etib belgilandi

AQShning Texas shtatida jazirama issiq sababli yuzaga kelayotgan og‘ir sharoitlar ortidan federal sudya barcha qamoqxonalarg…
12:14 / 24.09.2026

														
														YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan voyaga yetmaganga nega 2 yil 4 oy jazo berilgani izohlandi

YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan voyaga yetmaganga nega 2 yil 4 oy jazo berilgani izohlandi

Toshkentda BMW avtomobilida YPX inspektorini urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan voyaga yetmagan D.T.ga 2 yil 4 oy mu…
09:51 / 21.09.2026

														
														Tramp AQSHda sun’iy intellekt kuchlarini yaratishni taklif qildi

Tramp AQSHda sun’iy intellekt kuchlarini yaratishni taklif qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda sun’iy intellektdan foydalanuvchi yangi kuchlarni tashkil etish rejasini ma’lum qild…
12:23 / 20.09.2026

														
														Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda Sepehran Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay shinalaridan biri yoril…
15:10 / 16.09.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasi faoliyati yölga qöyiladi

Özbekistonda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasi faoliyati yölga qöyiladi

Özbekistonda kelasi yili ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasining faoliyatini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Ular muta…
12:42 / 02.11.2026
31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:44 / 30.10.2026
Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda. Unda jahon mehnat bozoridagi öz…
11:32 / 02.11.2026
Özbekistonda Germaniyaga işga yuboriş uçun 10 ming kişi kasb va nemis tiliga öqitiladi

Özbekistonda Germaniyaga işga yuboriş uçun 10 ming kişi kasb va nemis tiliga öqitiladi

Özbekistonda kelasi yili 10 ming nafar fuqaroni kasb va nemis tiliga öqitib, Germaniyada işga joylaştiriş rejalaştirilmoqda.…
12:14 / 02.11.2026
Xazonlarni yoqmang, tabiatni va özingizni zaharlamang!

Xazonlarni yoqmang, tabiatni va özingizni zaharlamang!

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi dala maydonlarida anğiz, xazon, şox-şabba va boşqa ösimliklar qoldiqlariga öt qö…
10:08 / 02.11.2026
Xorijdagi iş örinlari haqidagi ma’lumotlar har bir mahallaga yetkaziladi

Xorijdagi iş örinlari haqidagi ma’lumotlar har bir mahallaga yetkaziladi

Özbekistonda xorijda işlaş istagidagi fuqarolar uçun mavjud böş iş örinlari, kasbiy talablar va til biliş şartlari haqidagi …
12:58 / 02.11.2026
Yevropa va boşqa davlatlarda özbekistonliklar uçun iş imkoniyatlaridan foydalanilmayotganini tanqid qildi

Yevropa va boşqa davlatlarda özbekistonliklar uçun iş imkoniyatlaridan foydalanilmayotganini tanqid qildi

Yevropa Ittifoqi ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etiş masalasini migratsiya strategiyasiga kiritdi. Prezident…
11:54 / 02.11.2026
Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkor…
12:11 / 30.10.2026
Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning aksariyat hududlarida yoğingarçilik kuzatilmaydi. Bu haqda Öz…
17:34 / 02.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Anqarada Turkiy davlatlar taşkiloti Oila va xotin-qizlar kengaşining birinçi yi…
09:32 / 31.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!