Telegram jamoasi birinchi marta messenjer asoschisi Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishiga javob qaytardi va uning yashiradigan hech narsasi yo‘qligini ma’lum qildi, deb yozadi “Zakon.kz”.
“Telegram bosh direktori Pavel Durovning yashiradigan hech narsasi yo‘q, u tez-tez Yevropa bo‘ylab sayohat qiladi, uning suiiste’moli uchun javobgarlikni platforma yoki uning egasi deb da’vo qilish bema’nilikdir”, — dedi Telegram.
Postda, shuningdek, Telegram Yevropa Ittifoqi qonunlariga, jumladan, dezinformatsiya va noqonuniy kontentga qarshi kurash bo‘yicha qat’iy qoidalarni nazarda tutuvchi Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunga (DSA) muvofiq kelishi ta’kidlangan.
Jamoa Durovning Parijda hibsga olinishi bilan bog‘liq vaziyat hal qilinishini kutayotganini qo‘shimcha qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!