$
12009.27 UZS
-51.57
153.75 UZS
-1.25
13688.17 UZS
-66.01
31° Kechasi 18°

Toshkent metrosida foto va video tasvirga olish yana taqiqlanmoqda

11:54 / 18.12.2021

Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Toshkent metrosidan foydalanish qoidalari hamda Toshkent metrosi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

Qayd etilishicha, mazkur hujjat Toshkent metropoliteni faoliyatini tashkil etish tartibi hamda metroda yo‘lovchilar va ularning qo‘l yukini tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishida tashuvchi va yo‘lovchi o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga soladi.

Hujjat loyihasi bilan metrodan foydalanishda yo‘lovchilarning huquq va majburiyatlarini belgilovchi qoidalar ham tasdiqlanmoqda.

Jumladan, metropoliten rahbariyatining yozma ravishdagi ruxsatisiz, xizmat ko‘rsatish (texnik) xonalarida bekatlar va ob’yektlarda professional video va foto (uchuvchisiz uchish vositalari yordamida), suratga olish, shuningdek, “Prank” shaklida videolarni suratga olishga taqiq qo‘yilmoqda.

Hujjat bilan yo‘lovchilar uchun bekatdagi me’moriy bezaklarni havaskorlik foto va videotasvirga olishni amalga oshirishga ruxsat berilgan.

Bundan tashqari fuqarolarga tilanchilik, folbinlik va biron narsani olish yoki sotishni taklif etish maqsadida yo‘lini to‘sish va tegajog‘lik qilish hamda metropoliten rahbariyatining yozma ruxsatisiz vagonlarda va metropoliten inshootlarida musiqa asboblari va ovozni kuchaytiruvchi qurilmalardan foydalanishni (eshitish apparatlari va quloqchinlardan (naushnik) foydalanish bundan mustasno) ham taqiqlash taklif qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur hujjatning “taqiqlash” qismida yo‘lovchilarning 30ta nomdagi xatti-harakatlariga taqiqlar qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 1-iyundan Toshkent metropolitenida suratga tushishga va videoga olishga rasman ruxsat berilgan edi.

Ya’ni o‘sha kundan e’tiboran metropolitendan foydalanish qoidalarining foto- va videos’yomkalarni taqiqlovchi 5.11-bandi yopib qo‘yilgan va “Yo‘lovchilarning huquqlari” bo‘limida 4.2-band – “Foto-video suratga olishga ruxsat etiladi” bandi paydo bo‘lgan edi.


Bu ham qiziq

Paragvay Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, JCHdan chiqarib yubordi

Paragvay Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, JCHdan chiqarib yubordi

Paragvay Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, JCHdan chiqarib yubordi
10:15 / 30.06.2026
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda tantanali kutib olindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda tantanali kutib olindi

Bugun, 1-iyul kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionatida tarixda ilk bor ishtirok etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yurti…
15:27 / 01.07.2026
Saida Mirziyoyeva Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

“Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan o‘tgan mazmunli muloqotimizdan mamnunman”, – degan Saida …
09:43 / 30.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga intilish qat’iyligini tasdiqladilar
12:50 / 29.06.2026
Tashiyev va Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisiga 9 yillik qamoq jazosi so‘raldi

Tashiyev va Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisiga 9 yillik qamoq jazosi so‘raldi

Qirg‘izistonda prokurorlar “75 maktub” ishi bo‘yicha barcha ayblanuvchilarga 9 yillik qamoq jazosi tayinlashni so‘radi. Aybl…
12:36 / 30.06.2026
30-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

30-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan s…
17:36 / 29.06.2026
30-iyundan Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga qabul boshlanadi

30-iyundan Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga qabul boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi 2026-2027-o‘quv yili uchun oliy va o‘rta maxsus diniy ta’l…
17:22 / 29.06.2026
Saida Mirziyoyeva Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga samimiy e’tibor va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga samimiy e’tibor va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

U uchrashuv davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini Fransiya rahbariga yet…
15:01 / 30.06.2026
Profilaktika inspektorlari faoliyati va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Profilaktika inspektorlari faoliyati va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish, so…
17:41 / 29.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Gendelning “Tamerlano” operasi Parijda ijro etildi

Saida Mirziyoyeva: Gendelning “Tamerlano” operasi Parijda ijro etildi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri
17:20 / 01.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!