O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni qariyb 5 millionga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga respublikada aholiga tegishli 4 million 903 mingdan ortiq avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tgan.
Ularning 92,8 foizini yengil avtomobillar tashkil etadi. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 344,6 ming taga oshgan. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari quyidagicha taqsimlangan: Yengil avtomobillar — 4 mln 552,3 ming dona; Yuk avtomobillari — 330,3 ming dona; Mikroavtobuslar — 7,5 ming dona; Maxsus transport vositalari — 7,2 ming dona; Avtobuslar — 5,8 ming dona.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!