Andijon viloyatida 20 ming AQSh dollarini xorijga noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Xonobod” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatga chiqib ketayotgan avtomobil belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida avtomobilda bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 20 ming AQSh dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyuta aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!