Tug‘ilganda ajratilgan jorjiyalik egizaklar oradan 19 yil o‘tganidan so‘ng, TikTok platformasida bir-birini topishdi.
Gap shundaki, 21 yoshli Ano Sartaniya internetda o‘ziga o‘xshash, sochini ko‘k rangga bo‘yagan qizni ko‘rib qoladi va unga xat yozadi. Shundan so‘ng, ular Tbilisida uchrashadi.
Maʼlum bo‘lishicha, egizaklar tug‘ilganda o‘z otalari tomonidan ajratilgan. Tug‘ruq vaqtidagi asoratlar tufayli qizlarning onasi komaga tushib qolgan. Uning eri uzoq vaqt davomida bolalar uniki emasligiga ishontirib kelgan, bolalarni esa mamlakatning turli burchaklarida yashovchi oilalarga noqonuniy ravishda sotib yuborgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!