Samarqand shahrida yashovchi, 1956-yilda tug‘ilgan muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs “Umra” ziyoratini tashkil etishga vakolati bo‘lmasada, Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga muborak safarga yuborishni va’da qilib, evaziga 4800 AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 3000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi”, – deyiladi DXX xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!