Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori Dmitriy Shugayev “Armiya-2022” xalqaro forumida Vyetnamning Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan bir nechta harbiy texnikalarni sotib olmoqchi ekanligini ma’lum qildi.
Shugayev ushbu mamlakatning “Suxoy” va “Yakovlev” samolyotlariga, “Mi” harbiy vertolyotlariga qiziqish bildirayotganini aytdi.
Keltirilishicha, Vyetnam mamlakati harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Rossiyaning eng yirik hamkorlaridan biri hisoblanadi.
2021-yil 1-dekabrda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va uning vetnamlik hamkasbi Fan Van Giang ikki davlat o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolagandi.
Ma’lumot uchun, “Armiya-2022” xalqaro harbiy-texnik forumi 15-21-avgust kunlari Moskva yaqinidagi “Patriot” koʻrgazma markazida boʻlib oʻtadi va Rossiya Mudofaa vazirligi tadbir tashkilotchisi hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!