$
11941.65 UZS
-81.81
₽
147.65 UZS
-1.79
€
13383.01 UZS
-78.46
31° Kechasi 18°

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan fikr yuritishni cheklash haqidagi band chiqarib tashlanadi

21:51 / 06.03.2023

Konstitutsiyaviy qonun loyihasida fikr yuritishni cheklash mumkinligi bilan bog‘liq normaga o‘zgartirish kiritilmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev ma’lum qildi.

Amaldagi Konstitutsiyamizning 29-moddasida fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi qonun bilan cheklanishi mumkinligi belgilangan.

Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi loyihasida esa ushbu normaga quyidagicha o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish taklif etilmoqda:

“Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.

Davlat Internet tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatini, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi”.

“Ya’ni, fikr yuritishni cheklash mumkinligi bilan bog‘liq noo‘rin norma chiqarib tashlanmoqda. Masalaga real qaralganida, fikr insonning ongostida yuzaga keladigan, egasining o‘zgadan boshqalarga “ko‘rinmas” g‘oya. Uni amalda nazorat qilish, cheklash yoki ta’qiqlashning imkoni yo‘q”, – deydi Tojiyev.

Qayd etilishicha, ushbu masala o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan mas’ul qo‘mitalar yig‘ilishida ham qizg‘in muhokama qilingan va aksariyat deputatlar taklif etilayotgan tahrirni ma’qullashini bildirgan.


Bu ham qiziq

Toşkentdagi xalqaro turnirga kelgan qozoğistonlik yoş futbolçilar zaharlandi

Toşkentdagi xalqaro turnirga kelgan qozoğistonlik yoş futbolçilar zaharlandi

Toşkent şahrida ötkazilayotgan «Döstlik Cup 2026» xalqaro futbol festivalida iştirok etiş uçun kelgan qozoğistonlik yoş futb…
17:24 / 02.11.2026
Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda. Unda jahon mehnat bozoridagi öz…
11:32 / 02.11.2026
Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google’ning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda şaxsiy ma’lumotlarni hi…
09:27 / 31.10.2026
Özbekistonda Germaniyaga işga yuboriş uçun 10 ming kişi kasb va nemis tiliga öqitiladi

Özbekistonda Germaniyaga işga yuboriş uçun 10 ming kişi kasb va nemis tiliga öqitiladi

Özbekistonda kelasi yili 10 ming nafar fuqaroni kasb va nemis tiliga öqitib, Germaniyada işga joylaştiriş rejalaştirilmoqda.…
12:14 / 02.11.2026
Özbekistonda 200 mingga yaqin yoş xorijda işlaş uçun til sertifikatiga ega

Özbekistonda 200 mingga yaqin yoş xorijda işlaş uçun til sertifikatiga ega

Prezident Şavkat Mirziyoyev xorijda yuqori daromadli iş örinlariga ega böliş uçun çet tillarini biladigan yoşlarni kasbga ta…
14:54 / 02.11.2026
Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning aksariyat hududlarida yoğingarçilik kuzatilmaydi. Bu haqda Öz…
17:34 / 02.11.2026
Toşkentdagi köp qavatli uylar hovlisidan avtoturargohlar çiqariladi

Toşkentdagi köp qavatli uylar hovlisidan avtoturargohlar çiqariladi

Toşkent şahridagi köp qavatli uylarning içki hovlilaridan avtoturargohlar va avtomobil yölaklarini taşqariga çiqariş rejalaş…
11:28 / 02.11.2026
Mirziyoyev ayrim hududlarda mehnat migrantlari daromadi pastligini tanqid qildi

Mirziyoyev ayrim hududlarda mehnat migrantlari daromadi pastligini tanqid qildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasiga bağişlangan yiğilişda hududlar kesimida xorijda işlayotgan fuqarolarning ö…
11:48 / 02.11.2026
Özbekistonda yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda

Özbekistonda yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda

Özbekistonda har yili kamida 30 ming nafar mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda. Bunin…
12:21 / 02.11.2026
Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma tuşdi, Özbekistondan 2 ming kişi işga joylaşdi

Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma tuşdi, Özbekistondan 2 ming kişi işga joylaşdi

Germaniyadan 2026-yil davomida Özbekistonga 45 ming nafar mutaxassis böyiça buyurtma kelib tuşgan. Biroq hozirgaça atigi 2 m…
12:07 / 02.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!