$
12010.45 UZS
-13.16
₽
145.64 UZS
0.1
€
13200.69 UZS
-36.1
31° Kechasi 18°

Yozda nimalarga diqqatli bo‘lishimiz kerak?

10:52 / 09.06.2024

Saratonning issiq harorati inson organizmida ayrim muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bahor havosidan yozga chiqqan insonning tanasida, turmush tarzida va hatto ro‘zg‘orida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Ushbu ro‘yxat sizga hayotingizni bir shaklda ko‘zdan kechirishga yordam bersa, ajab emas.

1. Ovqat tayyorlash va saqlash. Bilamizki, issiq ob-havoda baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari juda tez ayniydi. Shu sababli doim toza va ozoda joylarda taomlanish, tez buziladigan mahsulotlardan saqlanish zarur.

Bozorlar, ko‘chalar va yo‘l yoqalarida sotiladigan uy sharoitida tayyorlangan ovqatlar hamda qo‘lbola ichimliklarni aslo isteʼmol qilmang. Shuningdek, meva va sabzavotlarni yaxshilab yuving. Go‘sht va sut mahsulotlarini faqat sovutgichda saqlang.

2. Suv havzalarida cho‘milish. Cho‘milish havzalaridagi ifloslangan suv o‘tkir virusli ichak infeksiyalari, gepatit (A, E), ichburug‘, ichterlama, lyamblioz kabi xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, ochiq suv havzalarida suzish turli teri xastaliklari, burun, og‘iz va quloq shilliq qavatlari yallig‘lanishiga ham olib kelishi mumkin.

Shu bois doim faqat toza va dezinfeksiya qilingan sunʼiy suzish havzalarida cho‘milish lozim. Shaxsiy sochiq va suzish vositalarini ishlatish, ularni begona odamlarniki bilan almashtirmaslik zarur.

3. Qo‘llarni tez-tez yuvish. Yoz faslida sovun va antiseptik gellar yordamida tez-tez qo‘llarni yuvib turish terini ozoda saqlab, zararli bakteriya va viruslardan xalos etadi. Ayniqsa, ovqatlanishdan oldin va keyin hamda tashqaridan uyga kelganda bu odatni kanda qilmaslik lozim.

4. Iliq dush qabul qilish. Jazirama havo terida bakteriyalarni ko‘paytirishi mumkin. Shu bois issiq kunlarda tez-tez iliq dush qabul qilish salomatlik uchun foydali. U insonni tetiklantirib, tanadagi g‘uborlarni ketkazadi.

5. Hojatxonadan foydalanish. Jamoat hojatxonalaridan foydalangach, albatta, qo‘llarni sovunlab yuvish kerak. Agar bunga imkon bo‘lmasa, antiseptik vositalarni ishlatish tavsiya etiladi. Shuningdek, jamoat joylarida eshik tutqichlari va umumiy foydalaniladigan buyumlarni ushlagandan keyin ham qo‘llarni sovunlab yuvish maqsadga muvofiq.

6. Toza suv ichish. Issiq kunlari organizm juda ko‘p suyuqlik talab qiladi. Bunday paytda, albatta, toza va xavfsiz ichimliklar isteʼmol qilish kerak. Ayniqsa, qaynatilgan yoki filtrlangan toza suv ichish tanada suyuqlik balansini ushlashga yordam beradi.

7. Uy va ish joyida gigiyena. Issiq kunlarda uylarni tozalash, namlikni nazorat qilish va havoni almashtirib turish juda muhim. Eshik tutqichlari, stol va boshqa tez ifloslanadigan joylarni dezinfeksiya vositalari bilan tozalash turli kasalliklarga chalinishning oldini oladi.

Bundan tashqari, ish joyida shaxsiy ozodalikka rioya qilish, ish qurollarini doimiy toza saqlash, xona havosini tez-tez almashtirib turish, konditsioner va ventilyatorlardan to‘g‘ri foydalanish salomatlikni saqlashda juda muhim.


salomatlik


														
														Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi Vestminster abbatligidan topilgan, qariyb 150-yildan beri sir bölib kelgan skelet XI asr boşlarida yaşagan Vestmi…
10:20 / 03.11.2026

														
														Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Angliyaning Manchester shahrida yashagan 30 yoshli Chelsi Tantum teri saratonining xavfli turi — melanomadan vafot etdi. U 1…
09:58 / 16.10.2026

														
														Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Semizlik 2024 yilda 3,7 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘yicha semizlik 3,7 mln kishining o‘limig…
10:05 / 08.10.2026

														
														Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Vabodan vafot etgani aytilgan ayolning rasmiy tashxisi ma’lum qilindi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida vabo yuqtirgani gumon qilingan 27 yoshli ayol pnevmoniyadan vafot etgani ma’lum qilindi. Rosp…
10:15 / 05.10.2026

														
														Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

2-oktabr kuni Moskva yaqinidagi Sheremetevo aeroportining uchib kelish zonasidagi hojatxonadan ayol va yangi tug‘ilgan chaqa…
14:55 / 03.10.2026

														
														Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Irkutskdagi xavfli yuqumli kasallik haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim axborot manbalarida Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘ta xavfli yuqumli kasallikka gumon qilingan…
09:45 / 03.10.2026

														
														Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Isroilda hantavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
10:12 / 08.05.2026

														
														“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

So‘nggi paytlarda COVID-19’ning “Sikada” (BA.3.2) shtammi haqida xabarlar tarqalmoqda.
10:35 / 17.04.2026

														
														Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Hindistonda yo‘tal siroplari vaqtincha taqiqlandi

Rasmiylar vafot etgan bolalarning uyidan topilgan siroplarni vaqtincha sotishni to‘xtatdi.
20:42 / 03.10.2025

														
														O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

O‘zbekistondagi tibbiyot islohotlari “The Lancet”da e’tirof etildi

Toshkentdagi xalqaro akademik markaz — mintaqaviy innovatsion markazga aylanmoqda;
17:09 / 26.09.2025

Bu ham qiziq

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Toşkentda Nexia-3 daraxtga urildi: uç kişi halok böldi

Toşkentda Nexia-3 daraxtga urildi: uç kişi halok böldi

Toşkent şahri Çilonzor tumanida Nexia-3 avtomobilining daraxtga urilişi oqibatida uç kişi halok böldi. Bu haqda poytaxt IIBB…
10:35 / 17.11.2026
Özbekiston Dubaydagi xalqaro kontent bozorida 300 dan ortiq filmni namoyiş etdi

Özbekiston Dubaydagi xalqaro kontent bozorida 300 dan ortiq filmni namoyiş etdi

10–11-noyabr kunlari Dubayda jahon kontent industriyasi vakillari iştirokida xalqaro kontent bozori bölib ötdi
15:05 / 17.11.2026
Namanganda 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan 18 yoşli yigit uşlandi

Namanganda 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan 18 yoşli yigit uşlandi

Namangan viloyatining Uyçi tumanida telefon ustaxonasiga eşik qulfini buzib kirib, 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan 18 yoş…
09:47 / 18.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
XVJ 2026-yil uçun davlat qarzi prognozlarini e’lon qildi: Özbekistonning körsatkiçi qança?

XVJ 2026-yil uçun davlat qarzi prognozlarini e’lon qildi: Özbekistonning körsatkiçi qança?

Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) 2026-yilda dunyo mamlakatlarining davlat qarzi böyiça prognozlarini e’lon qildi. Taşkilotni…
13:47 / 16.11.2026
Buxoroda maktab öquvçilari majburiy mehnatga jalb qilingani haqidagi xabarlar rad etildi

Buxoroda maktab öquvçilari majburiy mehnatga jalb qilingani haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro şahridagi 42-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari dars vaqtida majburiy mehnatga jalb etilayotgan…
13:44 / 16.11.2026
Toşkentda mahalla raisi 900 dollar olayotganida uşlandi

Toşkentda mahalla raisi 900 dollar olayotganida uşlandi

Toşkent şahri Yaşnobod tumanida mahalla raisi tadbirkorga tuman tasarrufidagi binodan joy ajratib beriş va şartnoma rasmiyla…
09:30 / 17.11.2026
Yaşnobod hokimligi mahalla raisi 900 dollar bilan uşlangani haqidagi xabarni rad etdi

Yaşnobod hokimligi mahalla raisi 900 dollar bilan uşlangani haqidagi xabarni rad etdi

Yaşnobod tumani hokimligi mahalla raisi tadbirkordan bino ajratib beriş va ijara şartnomasini rasmiylaştiriş evaziga 900 AQŞ…
10:38 / 17.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!