$
11774.92 UZS
9.71
139.17 UZS
-0.18
13588.26 UZS
1.8
31° Kechasi 18°

Uzbekistan Airways Toshkentdan Jidda va Madinaga bo‘lgan barcha qatnovlarni to‘xtatdi

09:42 / 28.02.2020

Joriy yilning 27-fevralidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Jidda va Madinaga bo‘lgan barcha qatnovlari vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilmoqda, deb xabar bermoqda “O‘zbеkiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining Matbuot xizmati.

Uzbekistan Airways ushbu holatni 25 ta davlat – shularning ichida O‘zbekistondan ham borgan sayyoh va ziyoratchilarining Saudiya Arabistoniga kiritilishi vaqtinchalik ma’n etilganligi bilan izohlagan.

Xabarda keltirilishicha, Saudiya Arabistoni tomonidan bunday qaror qabul qilinganligiga COVID-19 koronavirusi tarqalish xavfining oldini olish zarurati sabab bo‘lgan. 

Shuningdek, aviakompaniya qisqa vaqt ichida faqatgina O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistonidan qaytib kelishlari uchun bir necha qatnovlar amalga oshirishi haqida ham xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi xabarlarimizda Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatli organlari koronavirusning tarqalishini zimdan kuzatayotganini, shu sababli Qirollik hukumati ushbu tashkilotlar orqali epidemiyaning oldini olish uchun belgilangan xalqaro standartlarni joriy qilishni bildirganligini ma’lum qilgan edik.


Bu ham qiziq

Farg‘onada obodonlashtirish mansabdorlari 158,7 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi

Farg‘onada obodonlashtirish mansabdorlari 158,7 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan 158,7 mln so‘mlik budjet ma…
14:45 / 15.09.2026
Bugun O‘zbekistonda havo +37 darajagacha isiydi

Bugun O‘zbekistonda havo +37 darajagacha isiydi

Bugun, O‘zbekiston bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat respubli…
17:27 / 14.09.2026
Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026
Zelenskiy uchrashmoqchi bo‘lsa, Moskvaga kelsin

Zelenskiy uchrashmoqchi bo‘lsa, Moskvaga kelsin

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini, bi…
11:51 / 13.09.2026
Qashqadaryodagi qadimiy Odirmon shahar yodgorligidan noyob ostodon va altar topildi

Qashqadaryodagi qadimiy Odirmon shahar yodgorligidan noyob ostodon va altar topildi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Odirmon shahar arxeologik yodgorligida olib borilgan qazishmalar davomida diniy maro…
11:01 / 15.09.2026
Zo‘ravonlikka javob berish tizimi takomillashtirilmoqda.

Zo‘ravonlikka javob berish tizimi takomillashtirilmoqda.

O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga javob berish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan yan…
08:16 / 16.09.2026
16-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-sentyabr kuni respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqat respublikaning tog…
17:14 / 15.09.2026
Jizzaxda kelin qaynoq suvdan kuygan: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jizzaxda kelin qaynoq suvdan kuygan: holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida fuqaro issiq suv sepilishi oqibatida kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqi…
17:07 / 14.09.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida ushbu mamlakatda mehna…
17:32 / 15.09.2026
Toshkentning kelajagi muhokama qilindi: yangi qurilishlar shahar infratuzilmasini zo‘riqtirmasligi kerak

Toshkentning kelajagi muhokama qilindi: yangi qurilishlar shahar infratuzilmasini zo‘riqtirmasligi kerak

Toshkentning jadal kengayishi fonida shahardagi shaharsozlik va ekologiya masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. U…
10:53 / 15.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!