Toshkentning jadal kengayishi fonida shahardagi shaharsozlik va ekologiya masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. Unda yirik me’moriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar, urbanistlar, ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda poytaxt infratuzilmasiga tushayotgan yuklama, muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlarning imkoniyatlari, shuningdek, elektr va suv ta’minoti bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, yangi qurilishlar shahar rivojiga xizmat qilishi, mavjud hududiy tizimlarda nomutanosiblik yuzaga keltirmasligi va infratuzilmaga ortiqcha yuklama tushirmasligi kerak.
Shuningdek, Toshkentni aholisi va shahar mehmonlari uchun yanada qulay, ko‘rkam, ozoda va xavfsiz maskanga aylantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirayotgan biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.
Qayd etilishicha, bunday yondashuv “Yangi O‘zbekiston” siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga mos keladi. Biznes tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash esa davlat rahbari tomonidan belgilangan vazifalardan biri sifatida ko‘rsatildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!