Seulda O‘zbekiston Prezidenti vatandoshlar bilan uchrashuvda “Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi”, dedi.
Darhaqiqat, Koreyadagi davlat tashrifi davomida Prezidentning ish jadvali nihoyatda tig‘iz bo‘ldi. Uchrashuvlar, muzokaralar, biznes forum, hujjatlarni imzolash marosimlari va yangi loyihalarga start berish tadbirlari bir-biriga ulanib ketdi.
Shunga qaramay, davlat rahbari Koreyada yashayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvni ham o‘tkazdi. U yoshlarning takliflarini tinglab, ularni ilm olishga va Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga chaqirdi.
Uchrashuv davomida protokol xizmati bir necha bor vaqtni eslatdi:
“9 soat bo‘ldi”.
Ammo suhbat davom etdi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, vaqtni bekorga sarflamaslik va tinimsiz ishlash muhim. Chunki uning ortida butun mamlakat oldidagi mas’uliyat turibdi.
9 soatlik “non-stop”ning siri balki shundadir: vaqt kam, vazifalar esa ko‘p.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!