$
11838.92 UZS
-64.23
₽
147.05 UZS
0.3
€
13248.94 UZS
-80.21
31° Kechasi 18°

Qaysi biri yaxshiroq: kitob yoki film?

15:39 / 21.10.2019

“Albatta, kitob yaxshi” degan jumlaga tayyor turganmidingiz? Adabiyot ixlosmandlari eng yaxshi ekranizatsiyani tomosha qilganidan keyin ham shu fikrlarida qolishadi. Ba’zilar esa televizor, noutbuk bo‘la turib yoki kinoga borishning imkoni mavjudligida kitob o‘qishga vaqt va kuch sarflashning nima keragi bor, deb hisoblashadi. Bu bahsda kim haq ekanligini aniqlashga urinib ko‘ramiz: kino ixlosmandlarimi yoki kitobsevarlar?

Kitob – foydali 

Keling, avval kitoblarning ustunlik va kamchiliklaridan boshlaymiz. Kitob o‘qish foydali ekanligi haqida ko‘p eshitgan bo‘lsangiz kerak. Nega? Birinchidan, adabiyotga qiziqish stress bilan samarali kurashishga yordam beradi, so‘z boyligingizni oshiradi, dunyoqarashingizni kengaytiradi, diqqat, ijodiy qobilyatlar va emotsional intellektni rivojlantiradi. Ikkinchidan, badiiy matn bilan tanishganda miyamiz film ko‘rgandagi kabi ishlamaydi, bu kitobsevarga kinomanga qaraganda ko‘proq ustunlik beradi. Kitobga vaqt bag‘ishlar ekanmiz, biz miyaning turli zonalarini “shug‘ullantiramiz”: ko‘rish qobiliyati, nutq, tasavvur, assotsiativ tafakkur hamda emotsiyalar uchun javobgar zonalar ishga tushadi.

Nerv tolalari o‘tkazuvchan modda – miyelinning qalinroq moddasi bilan qoplanadi, bu miyani ko‘plab kasalliklari, jumladan, altsgeymerdan asraydi.
 
Kitob o‘qish jarayoni istalgan to‘liq metrajli filmdan ko‘proq vaqt talab qiladi (bu kitobning kamchiliklaridan biri). Biz hamma narsani unutib, diqqatimizni ekranga qaratishimiz shart emas. Sababi, muallifning g‘oyasini tushunishga, o‘qiganlarimizni shaxsiy tajribamiz va xotiralarimiz bilan solishtirish, personajlar tajribasini baholash va qadriyatlarini tushunish uchun tanaffus qilish imkonimiz bo‘ladi. 

Filmni “hazm qilish” esa uni ko‘rib bo‘lgandan keyin yoki videoni pauzaga qo‘yish bilan amalga oshadi. Buning sababi shundaki, miyamiz tabiatan bir vaqtning o‘zida ham tashqi hodisalarni idrok qilib, ham ichki tajribaga murojaat qilolmaydi. Shunday ekan, yangi g‘oyalarni o‘zlashtirish va ularni hayotda qo‘llashni istasangiz, kitoblarni tanlang. 

Kino – qulay 

Kitob o‘qish davomida miya faol ishlab, ko‘p quvvat sarflasa, film ko‘rganda dam oladi. Tomoshabin syujet chiziqlarini yechishi va muallif g‘oyasini tushunishga harakat qilishi shart emas – miya “burmalarini dam oldirish” va shunchaki tasvirga olish guruhi yotqizgan yo‘ldan yurishingiz mumkin. Boshqa tomondan, bu qayg‘uga soladi: qahramonlar va manzaralar rejissyor va rassomning qaroriga binoan ko‘rinishda bo‘ladi. Ammo yangi axborot qabul qila turib, vaqt va kuchimizni tejaymiz. Bu zamonaviy dunyoda qadrlanadi.
 
Shuni unutmaslik kerakki, kinoda maxsus ajoyib effektlar va kadr orti musiqasi bo‘ladi, badiiy asarning ekranlashtirilishi esa qisqa vaqtda bir necha yuzlab sahifaga sig‘uvchi syujet bilan tanishish imkonini beradi.
 
Ammo rejissyor, ssenariynavis va aktyorlar qanchalik harakat qilmasin, ular ekranga hamma tafsilotlarni, personajlarning fikrlari va tasvirlarni chiqarib berolmaydi. Shuning uchun ham “Urush va tinchlik”, “Usta va Margarita” kabi asarlarning ekranlashtirilgan ko‘rinishlaridan hanuzgacha ko‘nglimiz to‘lmaydi.  

Adabiyot va kinematograf – raqobatchilar emas

Nima bo‘lganda ham kino va adabiyot – san’atning boshqa-boshqa turlaridir. Ularning xusuiyatlari va vazifalari turlicha. Shuning uchun film va kinodan qaysi birini tanlash haqida bahslashish – tasviriy san’at bilan baletdan qaysi biri ustunligi haqida tortishishday gap.
 
E’tibor bergan bo‘lsangiz, kitobsevarlar ham, kinomanlar ham necha yillar o‘tishiga qaramay, o‘z fikrlarini o‘zgartirmaydilar. Ikki tomon o‘z ta’bini ma’qullaydi. Shuning uchun, o‘zingizni cheklamang: yaxshi kitoblarni o‘qing va qiziqarli kinolarni ko‘ring – shunda foydani ham, lazzatni ham to‘laligicha olasiz. 


Bu ham qiziq

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

60 ming kishilik Xitoy qo‘shiniga qarshi turgan shahar qanday vayron bo‘ldi?

Namangan viloyati hududida joylashgan qadimiy Axsikent shahri 1620-yilda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan.…
10:54 / 23.10.2026
Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Ikki viloyatda qariyb 5,5 kg opiy musodara qilindi

Samarqand va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 5 kilogramm 527 gramm opiy moddasi musodara qil…
09:45 / 21.10.2026
Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: respublika bo‘ylab o‘tkazilgan reydlar natijasi

Joriy kuz-qish mavsumida mamlakatimizda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan hududlar aholisini suyultirilgan gaz bilan uzluksi…
09:39 / 24.10.2026
O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026
"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi sammit mehmonlari bilan birgalikda markaziy qahramoni Bola bo‘lgan ko‘rgazmani tomosha qildilar.

Ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilarga bolaning dunyoga kelishidan ancha oldin — bo‘lajak onaga g‘amxo‘rlik qilishdan boshlanib…
15:45 / 23.10.2026
23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
16:50 / 22.10.2026
Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Fransiyalik jurnalist, “Georama” nashriyoti asoschisi va direktori Didye Labush “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro …
10:18 / 22.10.2026
FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionati 17-sentabrdan 9-oktabrgacha davom etadi. B…
23:44 / 22.10.2026
22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026
Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Labo haydovchisi boshqaruvni yo‘qoti…
15:55 / 21.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!