$
11783.47 UZS
-14.45
139.70 UZS
1.7
13688.86 UZS
-51
31° Kechasi 18°

Prezident maktab darsliklarini bepul berishni buyurdi

18:59 / 05.09.2022

So‘nggi kunlarda maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara to‘lovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik va ota-onalar tomonidan e’tirozlar yuzaga kelgandi. Ushbu masala yuzasidan Prezidentga axborot berildi.

So‘nggi kunlarda maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara to‘lovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik va ota-onalar tomonidan e’tirozlar yuzaga keldi. Ushbu masala yuzasidan Prezidentga axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Maktab darsliklari bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishida favqulodda muhim o‘rin tutishini hisobga olib hamda maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalarini, qonuniy vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni ta’minlash maqsadida davlat rahbari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq berdi.

Ma’lumot uchun, 2-sentyabr kuni 2022-2023-o‘quv yili maktab darsliklarning ijara narxi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, ta’lim tili o‘zbek sinflar uchun darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari 108 foizga oshirildi. Ota-onalar va jamoatchilik orasida norozilikni keltirib chiqargan ushbu masala bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi munosabat bildirib, narx oshishini yangi darsliklarning chop etilish harajatlari, xususan dunyo bozorida qog‘oz narxi va qog‘ozni O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha transport harajatlarining keskin oshib ketishi bilan izohladi.

 

 

 

 

 


Bu ham qiziq

9-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

9-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida …
18:00 / 08.09.2026
Saida Mirziyoyevaga qo‘shimcha vazifa yuklatildi

Saida Mirziyoyevaga qo‘shimcha vazifa yuklatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Sh…
13:14 / 10.09.2026
Rossiya Xarkovda Ukraina harbiy texnikalariga zarba berganini ma’lum qildi

Rossiya Xarkovda Ukraina harbiy texnikalariga zarba berganini ma’lum qildi

Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov viloyatida Ukraina qo‘shinlariga tegishli harbiy texnikalarga dronlar orqali zarba berganini…
15:21 / 09.09.2026
AQSh Kanadadan alkogol va mototsikl importini taqiqlaydi

AQSh Kanadadan alkogol va mototsikl importini taqiqlaydi

AQSH 29-sentyabrdan Kanadadan ayrim turdagi alkogolli ichimliklar, mototsikllar va sut mahsulotlarini import qilishni taqiql…
09:34 / 09.09.2026
Farg‘onada ikki ayolning odam savdosi qurboniga aylanishi oldi olindi

Farg‘onada ikki ayolning odam savdosi qurboniga aylanishi oldi olindi

Farg‘ona shahrida ikki nafar ayolni Rossiyaga fohishalik bilan shug‘ullanishga jalb qilmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. …
15:16 / 09.09.2026
O‘qituvchilarga 1-oktyabr munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot puli berilishi mumkin

O‘qituvchilarga 1-oktyabr munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot puli berilishi mumkin

Pedagog va rahbar xodimlarga 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot pul…
12:45 / 08.09.2026
Sirdaryoda obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

Sirdaryoda obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

Sirdaryo viloyatida Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lar…
09:40 / 09.09.2026
Toshkent–Andijon yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent–Andijon yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

10-sentyabrdan Toshkent–Andijon yo‘nalishida zamonaviy tezkor CRRC-Dalian elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. U amaldag…
15:51 / 09.09.2026
Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Kecha, 9-sentyabr kuni Moldovadan Norvegiyaga uchayotgan Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya q…
11:21 / 10.09.2026
Eyfel minorasida hindu delegatsiyasi tashrifi vaqtida ayol xodimlar chetlatilgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Eyfel minorasida hindu delegatsiyasi tashrifi vaqtida ayol xodimlar chetlatilgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Parijdagi Eyfel minorasida hindu diniy delegatsiyasi tashrifi vaqtida ayol xodimlar ish joylarini tark etishga majburlangani…
12:51 / 08.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!