Farg‘ona shahrida ikki nafar ayolni Rossiyaga fohishalik bilan shug‘ullanishga jalb qilmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 1999-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro ikki ayolni Moskva shahrida fohishalik bilan shug‘ullanish orqali daromad topishga qiziqtirgan.
U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini bildirgan. Shuningdek, Rossiyaga yetib borgach, ular ishlab topgan mablag‘ning yarmini unga berib turishini talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur shaxs ayollarni Moskvaga yuborayotgan vaqtida Farg‘ona xalqaro aeroportida to‘xtatilgan.
Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!