Pedagog va rahbar xodimlarga 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot puli berilishi mumkin. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori hamda keyingi o‘zgarishlar bilan belgilangan.
2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaror bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandiga ko‘ra, umumta’lim muassasalari xodimlari, jumladan rahbarlar, O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan mukofotlanishi mumkin.
Avval mukofot miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha etib belgilangan edi. Keyinchalik Prezidentning tegishli farmoni bilan pedagog va rahbar xodimlarga beriladigan mukofot miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha oshirildi.
Hozirda O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 360 ming so‘mni tashkil etadi. Uning 75 foizi esa 1 mln 20 ming so‘mga teng.
Shu sababli pedagog va rahbar xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot puli berilishi mumkin.
Bunda mukofot miqdori o‘qituvchining oylik maoshidan emas, balki amaldagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!