10-sentyabrdan Toshkent–Andijon yo‘nalishida zamonaviy tezkor CRRC-Dalian elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. U amaldagi 730/729-sonli poyezd o‘rnida harakatlanadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
730-sonli Toshkent–Andijon elektropoyezdi Toshkentdan soat 09:20 da jo‘naydi. Poyezd Angrenga 10:25 da, Popga 12:00 da, Qo‘qonga 12:28 da, Marg‘ilonga 13:00 da yetib borib, Andijonga 13:35 da keladi.
Qaytish yo‘nalishidagi 729-sonli elektropoyezd Andijondan 15:38 da yo‘lga chiqadi. U Marg‘ilonga 16:11 da, Qo‘qonga 16:43 da, Popga 17:11 da, Angrenga 18:50 da yetib boradi. Poyezd Toshkentga 19:53 da keladi.
Yangi elektropoyezd 4 ta ekonom-klass vagonidan iborat bo‘lib, jami 357 ta yo‘lovchi o‘rni mavjud.
Shuningdek, 10-sentyabrdan Toshkent–Andijon yo‘nalishidagi qator yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritiladi.
Jumladan, 96-sonli Toshkent–Andijon poyezdi 10-sentyabrdan Toshkentdan 04:55 da jo‘nab, Andijonga 11:43 da yetib boradi. 98/94-sonli poyezd esa Toshkentdan 07:14 da yo‘lga chiqib, Andijonga 13:48 da yetib keladi.
Bundan tashqari, Vodiy ichidagi ayrim yo‘nalishlarda ham poyezdlarning harakat jadvali yangilanadi.
Yo‘lovchilarga safarga chiqishdan avval poyezdlarning yangilangan harakat jadvalini tekshirish tavsiya etildi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida Toshkent–Andijon yo‘nalishida yangi tezkor elektropoyezd sinovdan o‘tkazilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!