Sirdaryo viloyatida Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tergovga qadar tekshiruv davomida boshqarma mas’ul shaxslari ayrim fuqarolarni ishchi sifatida rasman ishga qabul qilgani aniqlangan. Biroq ushbu fuqarolar amalda ishlamagan bo‘lsa-da, ularga jami 1 mlrd so‘m miqdorida ish haqi hisoblangan.
Tergov materiallariga ko‘ra, hisoblangan mablag‘lar mas’ul shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflangan. Shu orqali budjet mablag‘lari o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi — o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!