8-fevral, yakshanba kuni O‘zbekiston hududida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kechasi 0–5 daraja iliqni, kunduzi esa 10–15 daraja iliqni tashkil etadi.
Ba’zi hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 7–12 m/s bo‘lib, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda, qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi.
Toshkent shahrida yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi havo harorati 1–3 daraja iliq, kunduzi esa 13–15 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!