Ijtimoiy tarmoqlarda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov nomidan soxta akkauntlar ochilib, turli xabarlar tarqatilayotgani aniqlandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, soxta akkauntlar orqali taniqli sportchilar hamda sport sohasiga aloqador shaxslarga xabarlar yuborilib, turli ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga urinish holatlari kuzatilgan. Ayrim vaziyatlarda shaxsiy yozishmalar orqali ishonch qozonish va firibgarlik harakatlarini amalga oshirishga urinish qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, o‘zbek sportiga oid barcha rasmiy axborot va bayonotlar faqat Milliy Olimpiya qo‘mitasining rasmiy axborot resurslari, shuningdek, tegishli federatsiya va assotsiatsiyalarning tasdiqlangan sahifalari orqali e’lon qilinadi. Rasmiy manbalardan tashqari tarqatilayotgan ma’lumotlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Shu munosabat bilan fuqarolardan shubhali akkauntlardan kelayotgan xabarlarga ishonmaslik, ularga javob bermaslik hamda shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmaslik so‘ralib, shu kabi akkauntlarni bloklash va ijtimoiy tarmoq ma’muriyatiga shikoyat yuborish tavsiya etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!