$
11941.65 UZS
-81.81
₽
147.65 UZS
-1.79
€
13383.01 UZS
-78.46
31° Kechasi 18°

Buxoroda 35 yoshli ayol suratlarini montaj qilib, uni sharmanda qilmoqchi bo‘lgan kibertovlamachi ushlandi

10:35 / 20.09.2023

Ma’lumotlarga ko‘ra, 35 yoshli ayolning fotosuratlariga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berib, tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan kibertovlamachi qo‘lga olingan.

Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi 35 yoshli (ayol) K.Z. ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjerida “!!!??” nomli profil egasi K.Z.ning turli fotosuratlari va behayo tasvirlarini internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotganligini ma’lum qilgan.

Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati, Kogon tumanida yashovchi 19 yoshli talaba T.B. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan T.B. K.Z.ga Telegram messenjerida “!!!??” profili orqali yozib, pul ishlash maqsadida K.Z.ning profilidagi rasmlariga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berib, yalang‘och holdagi behayo tasvirlari borligini aytib, ularni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib sharmanda qilish bilan uni qo‘rqitgan. Fotosuratlarni tarqatib yubormaslik evaziga undan 200 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan.

Gumonlanuvchi T.B. “XXX” nomli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi yaqinidagi bekat oldida K.Z.dan 2.500.000 so‘m pullarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.B.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Bu ham qiziq

Özbekistonda yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda

Özbekistonda yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda

Özbekistonda har yili kamida 30 ming nafar mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda. Bunin…
12:21 / 02.11.2026
Toşkentdagi köp qavatli uylar hovlisidan avtoturargohlar çiqariladi

Toşkentdagi köp qavatli uylar hovlisidan avtoturargohlar çiqariladi

Toşkent şahridagi köp qavatli uylarning içki hovlilaridan avtoturargohlar va avtomobil yölaklarini taşqariga çiqariş rejalaş…
11:28 / 02.11.2026
Fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimi xususiy sektorga ötkaziladi

Fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimi xususiy sektorga ötkaziladi

Özbekistonda fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimini eng işonçli xususiy bandlik agentliklariga töliq ötkaziş rejalaşt…
15:03 / 02.11.2026
Ayol va uning tört farzandini yoqib yuborgan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Ayol va uning tört farzandini yoqib yuborgan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida ayol va uning tört nafar voyaga yetmagan farzandi ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan…
11:23 / 02.11.2026
Bugun, 2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Bugun, 2-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Bugun kunduzi respublika hududining asosiy qismida yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18…
09:17 / 02.11.2026
Özbekistonda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasi faoliyati yölga qöyiladi

Özbekistonda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasi faoliyati yölga qöyiladi

Özbekistonda kelasi yili ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasining faoliyatini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Ular muta…
12:42 / 02.11.2026
Mirziyoyev ayrim hududlarda mehnat migrantlari daromadi pastligini tanqid qildi

Mirziyoyev ayrim hududlarda mehnat migrantlari daromadi pastligini tanqid qildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasiga bağişlangan yiğilişda hududlar kesimida xorijda işlayotgan fuqarolarning ö…
11:48 / 02.11.2026
“Imarat Development” MÇJga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

“Imarat Development” MÇJga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

Ma’lum bölişiça, MÇJga Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining…
09:39 / 02.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Anqarada Turkiy davlatlar taşkiloti Oila va xotin-qizlar kengaşining birinçi yi…
09:32 / 31.10.2026
Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma tuşdi, Özbekistondan 2 ming kişi işga joylaşdi

Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma tuşdi, Özbekistondan 2 ming kişi işga joylaşdi

Germaniyadan 2026-yil davomida Özbekistonga 45 ming nafar mutaxassis böyiça buyurtma kelib tuşgan. Biroq hozirgaça atigi 2 m…
12:07 / 02.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!