O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, alifbodagi to‘rtta harf birikmasi va belgining yozilishi o‘zgartiriladi.
Yangi tartibga muvofiq, O‘ harfi Ö, G‘ harfi Ğ, Sh harf birikmasi Ş, Ch harf birikmasi esa Ç shaklida yoziladi.
Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi. Ular yaroqlilik muddati tugagach yoki navbatdagi yangilanish jarayonida yangi alifboga moslashtirib boriladi.
Qonun rasman e’lon qilinganidan olti oy o‘tgach kuchga kiradi. Alifboni yangilash jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!