Isroilning Quddus ishlari va merosi vaziri Amikay Eliyaxuning G‘azo sektorini yadroviy bombardimon qilish to‘g‘risidagi bayonoti rasmiylar va boshqa siyosatchilar tomonidan qoralandi, deb yozadi Times of Israyel.
Meros vaziri Amikay Eliyaxu Kol Berama radiosi jurnalistining anklavga atom bombasini tashlash kerakmi, degan savoliga “bu imkoniyatlardan biri”, deya javob qaytargan.
Bundan tashqari, vazir ushbu sohaga hech qanday insonparvarlik yordamining kiritilishiga rozi emasligini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil “natsistlarga insonparvarlik o‘tkazishga yo‘l qo‘ymasligi kerak” va “G‘azoda tinch aholining o‘zi yo‘q ularning barchasi bosqinchi”, degan iddaolarni so‘zlagan. Biroq sal o‘tmay u aytgan gaplari majoziy ma’nodagi gaplar ekanligi to‘g‘risidagi postni X ijtimoiy tarmog‘iga joylagan.
Isroil bosh vazir X platformasida Eliyaxuning bu so‘zlari “haqiqatdan uzoqda” ekanini hamda Isroil begunoh odamlarga zarar yetkazmaslik uchun xalqaro huquq standartlariga muvofiq harakat qilayotganini aytgan.
Bundan tashqari, vazirning so‘zlari isroillik muxolifat rahbari Yair Lapid tomonidan tanqid qilindi - u Benyamin Netanyaxuni bugun Eliyaxuni ishdan bo‘shatishga chaqirgan. Times of Israyel nashrining yozishicha, bosh vazir Eliyaxuni noma’lum muddatga hukumat yig‘ilishlarida ishtirok etishdan chetlatgan.
Eliyaxu milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir boshchiligidagi sionist Otzma Yehudit (Qudratli Isroil) partiyasining a’zosi bo‘lib, Falastinga qarshi bahsli hujumlari bilan tanilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!