$
12044.72 UZS
-11.18
₽
145.46 UZS
1.3
€
13525.02 UZS
-47.51
31° Kechasi 18°

Jeff Bezos: Milliarder hayotining bir kuni

07:41 / 30.03.2023

Jeff Bezosning kim ekanligini bilmasangiz, hayron qolishimiz tayin. “Amazon.com” biznes imperiyasi asoschisi, “Blue origin” aerokosmik kontserni hamda “Washington post” nashriyot uyi sohibi.

2017 yildan boshlab esa Bill Geyts va Uorren Baffetni ortda qoldirgancha sayyoramizning eng badavlat odamiga aylangan inson. 2018 yilda uning boyligi "Forbes" jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, 150 milliard dollarni tashkil qilgan. Jeff Bezosning qanday inson ekanligi, nima uchun o‘zidan keyin idishlarini hamisha yuvib qo‘yishi hamda qanday hayot kechirishi haqida bugun suhbat quramiz.

Bolalik

Keling, avvalo uning bolaligi haqida gaplashamiz. Jeffri 1964 yilning 12 yanvar kuni Amerikaning Albukerke shahrida, Nyu-Meksiko shtatida dunyoga kelgan. Bolakay 4 yoshlik paytlarida uning onasi ikkinchi bor kubalik muhojir Migel Bezosga turmushga chiqadi. Jeffning texnikaga bo‘lgan qiziqishi bolalik yillaridan boshlandi. U o‘zining xonasida ajoyib narsalarni yaratish bilan hayot kechirardi. Shu tariqa asta-sekin o‘ziga e’tiborni jalb qila boshladi. 5 yoshlik paytlarida onasi ilk bora unga quyidagi so‘zlarni aytdi: “Sen katta bo‘lib qolding. Barcha umidimiz sendan!” Jeff esa bu so‘zlardan o‘ziga yarasha hulosa chiqarib ham ulgurdi. U avval boshqa odamlar o‘ylab topa olmagan narsalarni yaratdi. Folga va soyabondan quyosh batareyasi, eski budilnikdan eshik qo‘ng‘irog‘i va yana boshqa ko‘plab antiqa buyumlar shular jumlasidan edi.

Amazon.com

Prinston universitetining informatika kafedrasi a’zosi bo‘lgan Bezos kelajakning asosi internet va kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq ekanligini anglab yetdi. O‘z sohasi bo‘yicha bir necha yil ishlaganidan keyin 1994 yilda internet do‘kon yaratish fikriga keldi. Bu “Amazon.com” saytining loyihasi edi. Dunyodagi mashhur daryo sharafiga atalgan sayt 1995 yilning iyul oyida ishlab chiqildi. Birinchi investorlar uning ota-onasi bo‘lishdi, Jeff ularga loyihaning o‘xshamay qolishi mumkinligi ehtimoli 70 foiz ekanligini aytdi. Ammo barchasi yaxshi davom etdi. Vaqt o‘tib sayt orqali musiqa disklari, noyabr oyidan boshlab esa videomahsulotlar sotila boshlandi. 1997 yilda “Amazon.com” Qo‘shma shtatlarning 3 ta fond birjalaridan biriga chiqdi. 2018 yilning sentyabr oyida tarkibida 200 000 ta odam ishlaydigan kompaniya kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshdi. U ilk marta tarixda “Apple” kompaniyasidan o‘zib keta oldi. Bugungi kunda sayt mahsulotlarning 34 ta kategoriyasi bo‘yicha ish olib boradi. Tarmoqning filiallari dunyoning ko‘plab mamlakatlarida joylashgan.

Blue origin

Sayyoraviy ko‘lamdagi iqtisodiy cho‘qqini egallagach, Bezos boshqa maqsadlarni ham ko‘zlay boshladi.
2000 yilda u “Blue origin” aerokosmik kompaniyasiga asos solingani haqida ma’lum qildi. Loyihaning bosh maqsadi
kosmik turizmning xavfsiz va hamyonbop bo‘lishiga erishish edi.

Tan olish kerakki, agar ishlar shunday tezlik bilan davom etadigan bo‘lsa, Bezosning barcha maqsadlari tez orada ro‘yobga chiqadi. Albatta, bu gaplarning barchasini badavlat insonlarning navbatidagi hazili o‘rnida qabul qilishingiz ham mumkin. Ammo ushbu va’dalar ortida Jeff Bezos - hamisha o‘z so‘zining ustidan chiqishni odat qilgan va muvafaqqiyat siri nimada ekanligini biladigan kuchli inson turibdi.

Tarixdagi eng badavlat insonlardan biri bo‘lmish Bezosning omad siri nimada? Uning odatiy kunlari qanday kechadi?


Sog‘lom uyqu

Bezosning temir qoidalaridan biri 8 soatlik to‘liq uyqudir. U har doim bir vaqtda uxlaydi va bir vaqtda soatsiz uyg‘onadi. O‘zining aytishicha, sog‘lom uyqu quvvat manbai, yaxshi kayfiyat va yangi g‘oyalar paydo bo‘lishining asosiy omilidir. Jeff uchun uyg‘onish payti ham juda katta ahamiyatga ega. “Men tong payti biroz erkalangan holatda gazeta o‘qigancha qahva ichishni yaxshi ko‘raman” deydi u.

Ish etiketi

Jeffning tan olishicha, ish bo‘yicha bo‘ladigan uchrashuvlarni unchalik ham yoqtirmaydi. Bundan tashqari, u kompaniya investorlari bilan ishlarni muhokama qilish uchun yiliga 6 soatdan ko‘p vaqt ajratmaydi. Uchrashuvda ishtirok etadiganlar soniga keladigan bo‘lsak, bu yerda ham Jeffning ma’lum qoidalari mavjud. Uchrashuv a’zolarining soni ularni ikkita pitstsa bilan mehmon qila oladigan darajada bo‘lishi kerak.

Agar odamlar soni bundan ko‘payib ketsa, ish unmasligi aniq. Murakkab va ma’suliyatli vazifalar oqshom payti soat 5:00 ga belgilansa, Bezos ularni ertasi kuni soat 10:00 ga ko‘chiradi. Sababi u barcha samarali ishlar tushlikkacha amalga oshirilishi kerak degan fikrda.

Sakkizoyoq va fast-fud

Bezos buyuk improvizator va ajoyib taomlar shinavandasi. Uning restoranda qanday taomlarga buyurtma berishini, nonushta uchun nima iste’mol qilishini hech qachon oldindan bilib bo‘lmaydi. Bir safar uning iguana yeb o‘tirgan surati internetga joylashtirilgan edi.

Brutto Jim bilan uchrashgan paytida esa sakkizoyoq, kartoshka, go‘sht, ko‘katlar, sarimoq, yogurt va tuxum assortisidan buyurtma qilgan ekan.

“Taomnomaga qaragan paytimda avval hech qachon tatib ko‘rmagan narsamni tanlashga intilaman” deydi Jeff. Bundan tashqari, milliarder fast-fud sotadigan kichik furgoncha yeguliklarini ham yaxshi ko‘radi. Qarangki, aynan shu kabi shahobchalardan biri “Amazon”ning bosh ofisi yonida joylashgan. U o‘z uyida taom iste’mol qilib bo‘lgach, barcha idishlarini yuvib qo‘yishga odatlangan. O‘zining aytishicha, bu ish qo‘lidan keladigan yumushlarning eng ajoyibidir.

Sport

Jeff Bezosning bir kun davomida sport uchun qancha vaqt sarf qilishi aniq ma’lum emas. Ammo uning mushaklar tuzilishini internet foydalanuvchilari allaqachon sportchilar qomatiga qiyoslab ulgurdilar.
Bezos vaqti-vaqti bilan bolalarini olib, suv osti qayig‘ida NASA raketalarining qoldiqlarini izlash uchun sayohatga chiqadi. “Biz barcha narsani hattoki nomavsumiy safarlarni ham sinab ko‘rganmiz, uy sharoitidagi ilmiy tajribalar, tovuq tuxumlarining inkubatsiyasi va xitoy tili darslari ham shular jumlasidan" degan edi milliarderning sobiq rafiqasi Makkenziya Bezos jurnallarning biriga bergan intervyusida.

Xobbi


Jeff Bezos katta nufuz va boylik egasi bo‘lishiga qaramasdan oddiy, kamtar va yoqimli inson bo‘lib qolishni xush ko‘radi. U hech qachon o‘zini boshqalardan yuqori tutmaydi va hamisha omad sirlari, g‘oyalar haqida ochiq gapiradi. Mana bu esa ulardan bir nechtasi!

Bezosdan oltin qoidalar

“Men barcha ishlarimni navbat bilan amalga oshiraman. Do‘stlarim yoki oilam bilan tushlik qilyapmanmi, demak tushlik qilyapman. Elektron pochtamdagi xatlarni o‘qiyapmanmi, demak o‘qiyapman. Boshqa hech qanday narsaga chalg‘ishni istamayman. Menga qilayotgan ishimga maksimal darajaga e’tibor qaratish juda yoqadi. Barchasi shu yerda va hozir bo‘lishi kerak!”

Ko‘p narsaga chalg‘imang!

Jeffning aytishicha, bizning har birimizda tanlash imkoniyati bor. Birinchisi xavfsiz va qulay hayot. Ikkinchisi tavakkal, tajribalarga to‘la umr. Bu yerda parvozlar ham, qulashlar ham bo‘ladi. “Bilaman, 80 ga kirganimda tavakkal qilmaganim uchun afsuslanmayman.
Internetning nima ekanligini ko‘rib, mening hayotimni aynan mana shu narsa o‘zgartirib yuborishini sezgan edim.
Shunchaki kerakli narsani tushuna bilish, yiqilishlardan keyin tura olish kerak. Agar mag‘lub bo‘lganimda ham bu og‘riq nima uchun o‘zimni sinab ko‘rmaganim haqidagi savol og‘rig‘idan kamroq bo‘lardi. Biznesda “Nima uchun?” degan savol ko‘p beriladi. Bu juda yaxshi savol. Ammo “Nima uchun sinab ko‘rmadim?” degan savolning qiymati balandroqdir.

Tavakkal qiling!

Bezos o‘z bolalariga o‘tkir pichoqdan foydalanishga 4 yoshidan boshlab ruxsat bergan, ularga elektrouskunalardan foydalanish huquqini ham taqdim qilgan. Balki bundan ma’suliyatli ota-onalar yoqa ushlab qolishar.
Ammo Bezosning aytishicha, yiqilmagan, alam va o‘z xatolaridan olingan og‘riqni his qilmagan odam hech qachon hech narsa o‘rgana olmaydi. “Men haqiqiy hayot nima ekanligini bilmaydigan boladan ko‘ra, 9 ta bo‘lsa ham, haqiqiy barmoqlari bo‘lgan bolaning otasi bo‘lishni afzal bilaman” degan edi u.

Ish va hayot muvozanati

Ish va shaxsiy hayot hamisha bir-biridan mustaqil bo‘lishi va shu bilan birga bir-birini huddi In hamda Yan kabi to‘ldirib turishi kerak. Agar uyda baxtli bo‘lsam, bu meni eng yaxshi ishchi, eng yaxshi rahbar qilishga ham yordam beradi. Agar ishxonada samarali inson bo‘lsam hotirjam va mehribon ota bo‘la olaman.

O‘zingizdagi bolakayni asrab qoling!

Dunyo shunchalar murakkabki, ayrim savollarga javob topish uchun haqiqiy ekspert bo‘lish talab etiladi. Afsuski, ekspertga aylanishingiz bilan, biror ishning qanday amalga oshirilishini aniq bilasiz va ehtimollarga katta diqqat qaratmaysiz ham. Keyinchalik o‘zgartirish kerak bo‘lgan yo‘lga kirish uchun odamda bolalarga hos qiziquvchanlik bo‘lishi kerak.

O‘z ishingiz borasida ekspert bo‘ling, ammo bolalarcha o‘ylarni ham saqlab oling. Hayron qolishni va chegaralar qo‘yilgan hududlarda ham yangi yo‘llar izlab topishni biling.Jeff Bezosning namunasi bizga eski bir haqiqatni eslatib qo‘ydi. Dunyoda yagona bir muvaffaqiyat siri mavjud emas. Bill Geystning ish tartibi 5 daqiqalik bo‘limlarga bo‘lib qo‘yilgan. Ularning har biri qat’iy ravishda rejalashtirilgan bo‘lib, huddi dastur fayllariga o‘xshaydi. Ro‘yxatdagi uchinchi odam Uorren Baffet. U har kuni soat 6:45 da uyg‘onadi va 22:45 da uxlashga yotadi. Tong paytida yangi gazetani o‘qiydi va ko‘chada nonushta qilib oladi. Har kuni 3 dollar evaziga makmaffin va biskvit tanovul qiladi. Mask esa qancha uxlashi haqida umuman hech qanday so‘z ayta olmagan. Olimpdagi odamlarning har biri turli olam. Ularni birlashtirib turadigan narsa esa o‘z ishlariga bo‘lgan muhabbatdir.

“O‘zingiz sevgan sohani toping, kichik chegaralar bilan qolib ketmang. Taslim bo‘lmang!” deydi Jeff Bezos. Bizningcha, bu fikrga quloq tutsak arziydi.

 


Qiziqarli


														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

														
														11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarli…
15:58 / 09.09.2026

Bu ham qiziq

Buxoroda Malibu-2 haydovchisi 201 km/soat tezlikda harakatlandi

Buxoroda Malibu-2 haydovchisi 201 km/soat tezlikda harakatlandi

Buxoro shahrida Malibu-2 haydovchisi tezlik cheklovi 60 km/soat bo‘lgan hududda 201 km/soat tezlikda harakatlandi. Avtomobil…
15:28 / 19.10.2026
“Komaga tushgan” Kim Chen In omma oldida ko‘rinish berdi

“Komaga tushgan” Kim Chen In omma oldida ko‘rinish berdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In miyasiga qon quyilgani va komaga tushgani haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgani…
11:31 / 20.10.2026
Qibrayda 7 kg marixuana, pnevmatik qurol va patronlar topildi

Qibrayda 7 kg marixuana, pnevmatik qurol va patronlar topildi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida muqaddam sudlangan fuqaroning ijaraga olgan yer maydonidagi konteynerlardan 7 kilogram…
09:35 / 19.10.2026
Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianu Ronalduni bir oy muddatga milliy terma jamoa safidagi o‘yinlardan chetlatdi va u…
10:36 / 20.10.2026
Saida Mirziyoyeva Janett Rubio bilan Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Saida Mirziyoyeva Janett Rubio bilan Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

“AQSh Davlat kotibining rafiqasi Janett Rubio bilan birgalikda Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildik”, – Preziden…
17:46 / 19.10.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi.

Muhim minerallarni chuqur qayta ishlash, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish va sun’iy intellektni joriy …
08:19 / 20.10.2026
20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026
Peruda yangi o‘simlik turiga Lionel Messi nomi berildi

Peruda yangi o‘simlik turiga Lionel Messi nomi berildi

Peruda aniqlangan, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yangi o‘simlik turi argentinalik futbolchi Lionel Messi sharafiga Salvia m…
09:58 / 19.10.2026
O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan 558 nomdagi mahsulotning 73 tasi…
11:43 / 20.10.2026
Toshkentda kurer bilan janjallashgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda kurer bilan janjallashgan restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkent shahridagi “Brasserie Park” restorani oldida 17 yoshli kurer bilan janjallashib, uni haqorat qilgan erkak 5 sutkaga…
10:48 / 20.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!