$
11774.92 UZS
9.71
139.17 UZS
-0.18
13588.26 UZS
1.8
31° Kechasi 18°

Keksalarga davlat teatr va muzeylariga kirish tekin bo‘ladi

11:00 / 16.03.2022

Joriy yil 15-mart kuni eʼlon qilingan Prezident qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-apreldan boshlab “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to‘liq qoplab beriladi.

Shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi.

Bundan tashqari:

– Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan sharoiti og‘ir va kam taʼminlangan keksalarga shifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;

–  Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan og‘ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo‘lgan keksalarga shifokorlarning retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha bo‘lgan summasi kompensatsiya qilinadi.

Bunda, dori vositalarining ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishiladi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining qarori qabul qilingan kundagi dori vositalarining tegishli summasi kompensatsiya qilinadi.

–  Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan keksalarning jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi muassasalarda (stadion, sport zallari, basseyn va boshqa sport majmualari) jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi.

Bunda, abonement xarajatlarining bir oylik summasi bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan oshmagan holda sport yo‘nalishidagi muassasalarning hisob raqamiga o‘tkazib boriladi.

Ushbu qarorga muvofiq, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi Moliya hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish va mablag‘ ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadilar va belgilangan tartibda qabul qilinishini taʼminlaydilar.


Bu ham qiziq

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:

Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi;
14:33 / 15.09.2026
Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonlik ayollarning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonlik ayollarning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Mordoviya Respublikasi va Samara viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqar…
10:32 / 15.09.2026
“Atirgul” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

“Atirgul” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

Kuni kecha O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida  xotin-qiz jurnal…
09:22 / 16.09.2026
Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva jamoa bilan muhim yo‘nalishlar va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi …
12:41 / 16.09.2026
Zo‘ravonlikka javob berish tizimi takomillashtirilmoqda.

Zo‘ravonlikka javob berish tizimi takomillashtirilmoqda.

O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga javob berish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan yan…
08:16 / 16.09.2026
Qashqadaryodagi qadimiy Odirmon shahar yodgorligidan noyob ostodon va altar topildi

Qashqadaryodagi qadimiy Odirmon shahar yodgorligidan noyob ostodon va altar topildi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Odirmon shahar arxeologik yodgorligida olib borilgan qazishmalar davomida diniy maro…
11:01 / 15.09.2026
Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda Sepehran Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay shinalaridan biri yoril…
15:10 / 16.09.2026
Jasur Umirov katerda xavfsizlik qoidalarini buzgani uchun ogohlantirildi

Jasur Umirov katerda xavfsizlik qoidalarini buzgani uchun ogohlantirildi

Xonanda Jasur Umirov Chorvoq suv omborida voyaga yetmagan o‘g‘li bilan katerda qutqaruv nimchalarisiz harakatlangan. Holat y…
10:39 / 15.09.2026
Bugun O‘zbekistonda havo +37 darajagacha isiydi

Bugun O‘zbekistonda havo +37 darajagacha isiydi

Bugun, O‘zbekiston bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat respubli…
17:27 / 14.09.2026
Xitoyda mamlakatga kirish va chiqish qoidalari kuchaytirildi

Xitoyda mamlakatga kirish va chiqish qoidalari kuchaytirildi

Xitoyda fuqarolarning mamlakatdan chiqishi hamda xorijliklarning mamlakatga kirishi bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etildi. …
14:26 / 16.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!