Xonanda Jasur Umirov Chorvoq suv omborida voyaga yetmagan o‘g‘li bilan katerda qutqaruv nimchalarisiz harakatlangan. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xonanda bilan profilaktik suhbat o‘tkazilganini ma’lum qildi.
Avvalroq Jasur Umirov o‘g‘li bilan katerda sayr qilgani aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirgandi. Videoda ular yuqori tezlikda harakatlanayotgani va qutqaruv nimchalaridan foydalanmagani ko‘ringan.
FVV xodimlari xonandaga suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, xususan, katerda harakatlanish vaqtida qutqaruv nimchasidan foydalanish zarurligini tushuntirgan.
Jasur Umirov ham suhbat davomida qutqaruv nimchasidan foydalanmasdan harakatlanish noto‘g‘ri ekanini anglaganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2-sentyabr kuni Chorvoq suv omborida ota va uning ikki o‘g‘li qutqaruv nimchasini kiymagani sabab cho‘kib, halok bo‘lgandi. Ularning jasadlari bir haftadan ortiq davom etgan qidiruv ishlari davomida topilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!