$
11964.27 UZS
-9.75
₽
144.49 UZS
-0.09
€
13323.41 UZS
-109.05
31° Kechasi 18°

Kiyishga hech narsa yoʻq boʻlganda... Kundalik obrazlar yaratish uchun 8 gʻoya

16:00 / 04.04.2022

Kiyim javoni toʻlib-toshgan, kiyishga esa hech narsa yoʻq – bu ayollar va qizlarning koʻp takrorlaydigan gaplaridan biri. Biroq, bu yerdagi asosiy muammo javonda kiyishga arziydigan chiroyli liboslar yoʻqligida emas, ularni kerakli usulda uygʻunlashtira olmaslikda boʻladi. Biz bugun kundalik obrazlaringizga rang-baranglik bagʻishlash va har doim chiroyli obrazlar yaratishga yordam beradigan usullarni siz bilan oʻrtoqlashamiz.  

1-variant. Klassik liboslar
Erkaklarning klassik uslubdagi liboslariga oʻxshab ketadigan kiyimlar hozirda urfga kirgan. Bunday liboslarning qaysi birlari kundalik obrazlarga koʻproq mos kelishini koʻrib chiqamiz: 

– pidjak – toʻgʻri bichimga ega boʻlgan va uzunroq qilib bichilgan, ortiqcha bezaklar bilan ishlov berilmagan bunday libosni topish qiyinroq boʻlishi mumkin. Shuning uchun ham uni erkaklar boʻlimidagi liboslar orasidan qidirib koʻrsangiz boʻladi. Oddiy bichimdagi qora pidjak nafis koʻylak, kundalik obraz asosini tashkil qiluvchi jinsi va oq futbolka bilan aʼlo darajada uygʻunlashadi. 

– oq koʻylak – bu ham garderobning asosiy liboslaridan biri hisoblanadi. Uni har qanday uslubga xos liboslar bilan birga kiyishingiz mumkin, eng muhimi fantaziyani ishga solish kerak.  

– sokin rangdagi tolstovka – sport uslubidagi liboslar zamonamiz ayollarining garderobidan joy olganidan keyin tolstovkalarga boʻlgan talab ham oshib ketdi. Garderobingizda har doim uning kulrang, qora yoki oq rangdagi modellaridan biri boʻlsin. Tolstovkani nafaqat jinsi, balki kundalik uslubga xos koʻylaklar va jiddiy uslubdagi kostyumlar bilan ham kiysa boʻladi. 

Мужская толстовка и рубашка станут отличной базой

2-variant. Bir hil rangdagi liboslar 
Turli hil rangdagi liboslarni oʻzaro uygʻunlashtirish oxirgi bir necha mavsumda urfga kirgan boʻlsa ham, total black haligacha oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan. Bir hil rangdagi liboslardan umumiy obraz yaratish orqali hashamatli koʻrinishga erishish mumkin. Bu yerdagi eng muhim narsa – bir nechta oʻziga xosliklarni bilib olish.  

Birinchi navbatda bir hil ranglardan tashkil topgan obraz asosidagi liboslarni koʻrib chiqamiz. Ular bitta rangning bir nechta tuslarida boʻlishi mumkin. Misol uchun, och jigarrang koʻylakni qahvarang yubka bilan uygʻunlashtirish ajoyib va yorqin natija olishga yordam beradi. Tufli yoki botinkaning rangi liboslar rangiga mos kelishi shart emas. Ularning yorqin rangdagisini tanlasangiz ham boʻladi.

Har hil tuzilishga ega boʻlgan liboslardan yaratilgan autfit ham qiziqarli koʻrinadi. Misol uchun shoyi matosidan tikilgan koʻylakni toʻqilgan sviter, tivit kostyum, shifon bluza yoki jinsi bilan uygʻunlashtirsa boʻladi. Matolar borasida istalgancha tajribalar oʻtkazish mumkin, muhimi yakuniy natija ajoyib boʻlsin! 

В монохромных образах важно сочетать разные фактуры

3-variant. Qora koʻylak 
Universal obrazlar asosini tashkil qiladigan bunday koʻylak har bir ayol garderobidan joy olishi kerak. Fikrimizga qarshi chiqishga shoshilmang. Qora koʻylakni oʻzingizga yoqadigan uzunlik va bichimda tanlashingiz mumkin. Kimgadir mini yoqsa, kimdir midi yoki maksini xush koʻrib kiyadi. Eng muhimi, libos sizga yarashib turishi va qulay boʻlishi lozim. Qora koʻylak sotib olishda uning universal bichimda boʻlishiga eʼtibor bering, bunday koʻylakni restorandagi kechki ovqatga ham, ish boʻyicha uchrashuvga ham kiyib ketish mumkin. 
 

Eʼtibor bering: Libosning koʻrinishini poyabzal yoki aksessuarlar yordamida oʻzgartirib yuborish mumkin. Misol uchun casual uslubidagi obraz uchun oq keda kiyib, autfitni kichik ryukzak bilan toʻldiring. Romantik uslubdagi obrazni esa poshnali oyoq kiyim, klatch va uzun ziraklar yordamida yaratish juda oson. Ish boʻyicha uchrashuvga ketayotgan boʻlsangiz, obrazingiz qora koʻylak, jaket, klassik uslubdagi poyabzal, sumka va kumushrang soatdan iborat boʻlsin.

4-variant. Turli mavsumlarga xos liboslarni birlashtirish
Turli mavsumlarga xos liboslarni bitta obrazda birlashtirish ajoyib natija berishi mumkin. Albatta, qalin shuba bilan usti ochiq oyoq kiyim kiying demaymiz. Ammo, qayiqcha uslubidagi tufli bilan trenchni yoki harir koʻylakni uygʻunlashtirish yomon fikr emas. Bunday kombinatsiyalar obrazingizga oʻziga xoslik bagʻishlash bilan birga didingiz qanchalik nozik ekanligi ham koʻrsatadi.

Yozgi koʻylaklarni vodolazka bilan kiyish ham mumkin. Har bir libosdan noodatiy obrazlar yaratish uchun maksimal foydalaning. Oʻrtacha qalinlikdagi sviterlarni bahorning yomgʻirli kunlarida harir koʻylak ustidan kiyib olishingiz mumkin, shifonli sarafan ham vodolazka bilan aʼlo darajada uygʻunlashadi. Bunday obraz kuz fasliga ham, bahor va qishga  ham mos keladi, eng muhimi kerakli poyabzal va ustki libosni tanlab olish. Koʻylak tagidan koʻrinib turmaydigan uzun etiklar yoki ikki tomonlamali koʻylaklar ham ushbu obrazga mos keladi. 

5-variant. Simple things
Koʻpchilik qizlar mashhur yulduzlarga taqlid qilishadi. Xeyli Biber yoki Rozi Xantington Uaytlidek nafis obrazlar yaratishni kim ham istamaydi deysiz? Biroq, oddiy autfitlar ham yulduzlarning liboslaridan kam koʻrinmasligi mumkin. Boyfrend jinsi va  qora vodolazka ana shunday liboslar sirasiga kiradi. Agar koʻcha salqinroq boʻlsa, uning ustidan charm palto yoki klassik uslubdagi och jigarrang trench kiyib olishingiz mumkin.
Balki bu liboslar garderobingizda allaqachon bordir ham. Ularni oʻzaro uygʻunlashtirib koʻrishga harakat qiling. Goʻzallik – oddiylikda degan gap bejizga aytilmagan. Qora vodolazka va jinsi uygʻunligini buning yana bir isboti boʻladi. 

Простые базовые вещи формируют красивый и стильный образ

6-variant. Jinsining koʻpi boʻlmaydi
Jinsini xuddi shu matodan tikilgan kurtka bilan birga kiysangiz eng zamonaviy obrazni yaratgan boʻlasiz. Bunday obraz haqida koʻp oʻylash ham shart emas, muhimi ranglar bir-birini “boʻgʻib” qoʻymasa boʻlgani. Agar koʻrinishingiz zerikarli boʻlib qolishini istamasangiz, xorijlik yulduzlarga qarab ilhom olishingiz mumkin. Misol uchun, Gven Stefani jinsi kombinezonni shaffof botilyon va oʻzgacha printga ega boʻlgan kurtka bilan kiyishni xush koʻradi. Jinsi yubkani oq bluza yoki jinsi kofta bilan uygʻunlashtirish mumkin. Bu xonanda Beyonsening sevimli obrazlaridan biri. 

7-variant. Oqshom libosini kundalik kiyimlar bilan uygʻunlashtiramiz. 
Zamonaviy moda olami juda tez rivojlanyapti, avvallari buzilishi mumkin boʻlmagan deb hisoblangan qoidalarni bugun dizaynerlarning oʻzlari oʻzgartirishyapti. Klassik uslubdagi kostyum-shimni keda bilan, tolstovkani romantik uslubdagi koʻylak bilan, qalamcha uslubidagi yubkani noodatiy poyabzallar bilan ham kiyish mumkin. Stilistlar va dizaynerlar oqshom obrazlariga xos kiyimlarni kundalik ust-boshlar bilan kiyish mumkin ekanligini aytishyapti. 
Shunday ekan, pistonlar va munchoqlar bilan bezatilgan yubkani oq bluza va krossovka, jinsi shim va sport uslubidagi futbolkani yaltiroq ziraklar, shoyi matosidan tikilgan kalta oqshom koʻylagini erkin bichimdagi shim bilan kiyishga aslo ikkilanmang. 

Вечернюю юбку или костюм можно адаптировать для дневного выхода в свет

8-variant. Kamar taqing 
Kamar taqishingiz bilan har qanday obraz avvalgi koʻrinishiga nisbatan yaxshiroq boʻladi. Ushbu aksessuar bel sohasida urgʻu berib, obrazning oʻziga xos bezagi boʻlib xizmat qiladi. Oddiy koʻrinishdagi, ortiqcha bezaklari boʻlmagan va oʻrta qalinlikka ega kamarni uzunroq jaket ustidan taqib olsangiz, zamonaviy autfit yaratiladi. Korset koʻrinishidagi kamar esa qalamcha uslubidagi koʻylaklarga mos keladi. Ingichka kamarlarni erkin bichimli koʻylaklar va keng sviterlar ustidan taqish mumkin.

Ремень выделяет талию и делает на ней акцент


Foydali


														
														OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026

														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

Bu ham qiziq

Özbekiston elektrotexnika korxonalari xalqaro moliya institutlaridan 80 million dollar jalb qildi

Özbekiston elektrotexnika korxonalari xalqaro moliya institutlaridan 80 million dollar jalb qildi

Özbekistonning beşta elektrotexnika korxonasi öz investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyo…
13:38 / 09.11.2026
Töy kortejida yölni tösib, xavfli harakatlangan haydovçilar jazolandi

Töy kortejida yölni tösib, xavfli harakatlangan haydovçilar jazolandi

Toşkent viloyatining Qibray tumanida töy korteji vaqtida avtomobil yölini tösib, ilonizi şaklida harakatlangan haydovçilarga…
09:49 / 09.11.2026
Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Kelgusi yildan Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturini amalga oşiriş boşlanadi. Dastur doirasida mahalliy mutax…
13:35 / 09.11.2026
Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada iş haqini ololmagan 8 nafar özbekistonlikning mehnat huquqlari sud orqali himoya qilindi. Natijada ularning foydas…
10:03 / 10.11.2026
Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkent şahridagi “Hilton Taşkent City” mehmonxonasida ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya media forumida ikki mamlakat örta…
15:41 / 09.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026
Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Ayni paytda Toşkent şahridagi “Hilton” mehmonxonasida III Özbekiston – Rossiya media forumi öz işini boşladi. Özbekiston va …
10:50 / 09.11.2026
Özbekiston 2030-yilga borib mis işlab çiqarişni 500 ming tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga borib mis işlab çiqarişni 500 ming tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda mis işlab çiqariş hajmini 2030-yilga qadar 500 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda Prezident Şavkat…
13:58 / 09.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!