$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Ko‘zoynakli sudya, 117 yilga cho‘zilgan sud va o‘limga buyurilgan daryo” – tarixdagi ajabtovur sud ishlari

15:45 / 21.05.2022

Sud – insonlarning huquq va manfaatlariga taʼsir ko‘rsatuvchi, qaysidir maʼnoda ularning taqdirini belgilab beruvchi tashkilot hisoblanadi.

Sudlar hozirgi shakliga yetib kelguncha turli ko‘rinishlarni va bosqichlarni bosib o‘tgan. Har bir davlat o‘ziga xos sudlov tizimiga ega bo‘lib, baʼzi davlatlarda sudlov vakolati yakka hukmdorda bo‘lgan bo‘lsa, baʼzi davlatlarda sudlar alohida tuzilma sifatida faoliyat yuritgan.

Bugun biz sudlarga aloqador tarixda sodir bo‘lgan baʼzi qiziq voqealar va odatlar haqida maʼlumot beramiz.

Sudyaning ko‘zoynagi

Qadimgi Xitoyda sudyalar oynasi qoraytirilgan ko‘zoynak taqib yurishgan.

Ushbu ko‘zoynaklar kvarsdan tayyorlangan bo‘lib, vazifasi soxibini quyoshdan yoki yorug‘likdan himoya qilish bo‘lmagan. O‘sha davr odatiga ko‘ra, ko‘zoynaklar sudyaning nigohlarini boshqa odamlarning nazaridan himoya qilishi kerak edi. Yaʼni muhim ishlarni ko‘rish jarayonida hech kim sudyaning ichki emotsiyalarini payqab qolmasligi muhim bo‘lgan.

Aybdor daryo

Hozirda Iroq hududida Diyala daryosi oqadi. Bu daryo g‘alati tarixga ega bo‘lib yer yuzidagi “o‘limga hukm qilingan” yagona daryo hisoblanadi. Bunga Fors shohi Kir II ning sevimli oq otlari ushbu daryoda yo‘qolganli sabab bo‘lgan. Ushbu voqeadan so‘ng g‘azablangan shoh daryoni o‘limga hukm qiladi va daryo orqali ko‘plab kanallar qazdirib, daryo suvini turli tomonga tarqatib yuboradi. Uzoq muddat davomida mazkur daryo “o‘lim hukmini ijro etgan”.

Ammo hozirda ushbu daryo tiklangan va uzunligi 231 km. ni tashkil etadi.

Nasib qilmagan meros

Angliyalik Uilyam Jennens o‘z davrining eng boy moliyachilardan biri hisoblangan. U juda uzoq vaqt davom etgan nizo sababchisi sifatida tarixda qolgan.

Gap shundaki, Jennens 1798-yilda vafot etganidan so‘ng, uning boyligi 2 mln. funt sterlingga  baholanadi. Ammo u oila aʼzolariga  vasiyatnoma yozib qoldirishni unutgan edi.

Zamondoshlarining maʼlum qilishicha, Jennens tegishli hujjatni rasmiylashtirish uchun advokat huzuriga borgan, biroq ko‘zoynagini unutib qoldirganligi sababli maqsadiga erisha olmagan. Boshqa safar vasiyatnoma yozishga esa Jennensda imkon bo‘lmagan.

Uning vafotidan so‘ng meros taqsimlanishi masalasida nizolar avj olib, jarayon 117 yilga cho‘zilgan (boshqa manbalarga ko‘ra 130 yil). Oxir-oqibat nizo meros bo‘lib qolgan mol-mulkning to‘liqligicha advokatlarga xizmat haqi to‘lash uchun sarflanishi bilan yakunlangan.

Ushbu voqea Charlz Dikkensga o‘zining “Qorong‘u uy” romanidagi “Jarindislar Jarindislarga qarshi” sud jarayonini tasvirlash g‘oyasini bergan.

Huquqshunos F.Bozorqulov


Qiziqarli


														
														Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026

														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

Bu ham qiziq

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!